TÜRKSOY
9 Oktabr 20261 daqiqalik o'qish

TURKSOY tomonidan TDT Bosh kotibi Qubanishbek O‘muraliyevga "Sharaf nishoni" topshirildi

WhatsApp Image 2026-10-09 at 10.47.48

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi, Favqulodda va muxtor elchi Qubanishbek O‘muraliyevga "TURKSOY Sharaf nishoni"ni (Onur Nişanı) tantanali ravishda topshirdi.

3-oktabr — Turkiy davlatlar hamkorligi kuni hamda Naxchivan bitimining 17 yilligi munosabati bilan Istanbul shahrida rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi. TDT Bosh kotibi O‘muraliyev mezbonligida tashkil etilgan ushbu qabul marosimi, ayni paytda vakolat muddati poyoniga yetayotgan O‘muraliyev uchun xayrlashuv dasturi mohiyatini ham kasb etdi.

Dasturda so‘zga chiqqan TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev turkiy dunyoning madaniyati, san’ati hamda hamjihatligiga qo‘shgan ulkan va munosib hissasi uchun Elchi Qubanishbek O‘muraliyevga samimiy minnatdorlik bildirib, tashkilotning eng oily mukofoti bo‘lmish "Sharaf nishoni"ni topshirdi.

Rasmiy qabul marosimida Turkiya Respublikasi transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uralog‘lu, TDT Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yıldırım, AK Parti RaisiAdolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari va Turkiy davlatlar bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Kurshad Zo‘rlu, Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Serdar Cham, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Haji Ali O‘zel bilan bir qatorda TDTga a’zo mamlakatlarning adliya vazirlari, turkiy hamkorlik tashkilotlari rahbarlari, elchilar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Media galereyasi

(7)

Bizni kuzatib boring

Twitter / XYouTubeFacebookLinkedInInstagram
Biz bilan bog‘laning

Manzilimiz
Ferit Recai Ertuğrul Caddesi No: 8
Or-An ANKARA/TÜRKİYE

Telefon va Faks raqamimiz
T: +90 (312) 491 01 00 (pbx)
F: +90 (312) 491 01 11

E-mail manzilimiz
turksoy@turksoy.org

© 2026 TÜRKSOY — Barcha huquqlar himoyalangan