Andijonda Ozarbayjon Davlat pantomima teatrining “Iblis” nomli spektakli sahnalashtirildi
O‘zbekistonning Andijon shahrida o‘tkazilayotgan IV TURKSOY xalqaro teatr festivali doirasida Ozarbayjon Davlat pantomima teatri jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Iblis” nomli spektakl teatr ixlosmandlarining e’tiboriga havola etildi.
Ozarbayjon adabiyotining yorqin namoyandasi Husayn Jovid asarlari motivlari asosida qayta ishlangan ushbu spektakl rejisyorligini Ozarbayjon Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Behruz Vaqifo‘g‘li o‘z zimmasiga olgan. Sahna asarining plastik yechimi va harakat rejissurasi esa taniqli ijodkor, xizmat ko‘rsatgan artist Sabina Hojiyeva tomonidan yuksak mahorat bilan amalga oshirildi. Premyerasi 2023-yil 11-mart kuni bo‘lib o‘tgan va 60 daqiqa davom etadigan ushbu sahna asarining dekoratsiya va liboslar dizayni Xayyam Samadov muallifligida tayyorlangan. Sabina Hojiyeva (Iblis) va Nurlan Rustamov (Tanlangan) bosh rollarni ijro etgan spektaklda iqtidorli aktyorlardan iborat keng tarkib sahnada mahorat ko‘rsatdi.
Urush, zoravonlik va ochlik hukm surayotgan dunyo fojiasini aks ettiruvchi ushbu asar insoniyatning o‘z qorong‘u va qabih qilmishlari uchun alohida bir yetakchini tanlab, barcha mas’uliyatni uning zimmasiga yuklashga bo‘lgan ruhiy va psixologik moyilligini oshkor etadi. Insoniyat hamda Iblis o‘rtasidagi azaliy va abadiy toqnashuv qalamga olingan spektaklda voqealarni yanada hayotiy, ta’sirchan va vizual jihatdan jozibador ko‘rsatish maqsadida Fransisko Goya, Mikelanjelo va Ogust Roden kabi jahonga mashhur musavvir hamda haykaltaroshlarning shoh eserlaridan ilhomlanilgan plastik shakllardan unumli foydalanilgan. Fizik teatr va visual kompozitsiya vositasida rivojlanadigan ushbu asar inson tabiyati, mas’uliyat hissi hamda ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi azaliy kurashga doir zamonsiz va dolzarb savollarni sahna tubiga olib chiqadi.
TURKSOY, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Andijon viloyati hokimligi hamkorligida joriy yilning 18–23-oktabr kunlari o‘tkazilayotgan festivalda namoyish etilgan ushbu spektakl festival ishtirokchilari tomonidan yuksak qiziqish va olqishlar bilan kutib olindi.