TÜRKSOY
20 Oktabr 20262 daqiqalik o'qish

Qozog‘istonning “Jastar” teatri ijrosidagi “Jibek” musiqali spektakli sahnalashtirildi

WhatsApp Image 2026-10-20 at 21.39.25

IV TURKSOY Xalqaro teatr festivali doirasida sahnaga chiqqan Qozog‘iston Respublikasining Astana “Jastar” teatri o‘zining “Jibek” nomli musiqali spektakl bilan tomoshabinlar va hakamlar hay’atining yuksak e’tirofi ile olqishlariga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekistonning Andijon shahrida muvaffaqiyatli davom etayotgan festivalda Qozog‘iston xalq artisti Nurqanat Jaqipbay rejissyorligida sahnalashtirilgan “Jibek” asari teatr ixlosmandlarining e’tiboriga havola etildi. G‘abit Musirepov librettosi hamda Yevgeniy Brusilovskiy musiqasi asosida yaratilgan va mashhur tarixiy doston syujetiga tayanuvchi “Qiz Jibek” opera spektaklining ushbu talqini o‘zining zamonaviy teatr tili, o‘zgacha rejissyorlik yondashuvi hamda yuksak sahna plastikasi bilan alohida ajralib turdi.

Asarda Jibek obrazini Nazerke Serikbolova mahorat bilan gavdalantirgan bo‘lsa, Tolegen rolini Meyirgat Amangeldin ijro etdi. Bekejan obrazini Bekjan Kerimbayev, Shege rolini Jandaulet Batay va Nurbek Elibek, Duriya rolini esa Shehnaza Qizixanova hamda Ayman Esenqizi sahnada namoyon etdilar.

Asarning sahna bezagini Erlan Tuyakov, xor dirijyorligini Gulmira Quttıbadamova va xoreografiyasini Shirin Mustafina amalga oshirdilar. Yosh aktyorlar jamoasining yuksak energiyasi hamda sahnaviy ko‘rinishlarning ravon va dinamik almashinuvi spektaklning estetik va badiiy qudratini yanada bo‘rttirib ko‘rsatdi.

 “Festival uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan”

Spektakl yakunida tomoshabinlar hamda xalqaro hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan tik turib olqishlangan ushbu asar soha mutaxassislari tomonidan ham yuksak baholandi.

Festival hakamlar hay’ati a’zosi, qozog‘istonlik taniqli teatrshunos va teatr tanqidchisi Beybit Bahtigireyev Andijon shahrining yuksak mezbonligini alohida e’tirof etib, kentdagi barcha imkoniyatlar va shart-sharoitlar ushbu xalqaro anjumanni yuksak saviyada o‘tkazishga safarbar etilganini ta’kidladi.

Sahna asarining badiiy va san’atshunoslik nuqtai nazaridan erishgan muvaffaqiyatiga ham to‘xtalgan B. Bahtigireyev: “Tub va betakror qozoq milliy musiqasi poydevoriga tayanib, boshidan oxirigacha puxta o‘ylangan hamda mahorat bilan sahnalashtirilgan teatr asarlarimiz soni, afsuski, juda kam”, deya alohida ta’kidladi. ‘Jibek’ musiqali  spektakli ushbu yo‘nalishdagi bo‘shliqni to‘ldirgan, ham yuksak reissyorlik mahorati, ham mukammal sahna plastikasi bilan ajralib turadigan o‘ta qimmatli asar bo‘libdi”, deya baho berdi.

O‘zbekistonning Andijon shahrida teatr san’ati vakillarini va teatr ixlosmandlarini bir makonga jamlagan IV TURKSOY Xalqaro teatr festivali kelgusi kunlarda ham turkiy dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan saralangan teatr jamoalarining mahoratli spektakllariga mezbonlik qilishda davom etadi.

Media galereyasi

(18)

Video Galerisi

(1)

Bizni kuzatib boring

Twitter / XYouTubeFacebookLinkedInInstagram
Biz bilan bog‘laning

Manzilimiz
Ferit Recai Ertuğrul Caddesi No: 8
Or-An ANKARA/TÜRKİYE

Telefon va Faks raqamimiz
T: +90 (312) 491 01 00 (pbx)
F: +90 (312) 491 01 11

E-mail manzilimiz
turksoy@turksoy.org

© 2026 TÜRKSOY — Barcha huquqlar himoyalangan