TÜRKSOY
19 Oktabr 20262 daqiqalik o'qish

III TURKSOY yoshlar uchrashuvi Trabzon shahrida start olmoqda

WhatsApp Image 2026-10-19 at 23.46.25 (1)

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY hamda Trabzon viloyati katta shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan “III TURKSOY yoshlar uchrashuvi” turkiy dunyoning turli mintaqalaridan kelgan 150 nafar faol yoshlarni bir joyga jamladi.

Hamomizoda İhsan Bey madaniyat va san’at markazida o‘tkazilgan tantanali ochilish marosimida Trabzon voliysi(gubernatori) Tahir Shahin, Qirg‘iziston Respublikasining Anqaradagi Favqulodda va muxtor elchisi Ruslan Kazakbayev, Trabzon shahar hokimi Ahmet Metin Gench, Trabzon universiteti rektori Emin Ashikkutlu, TURKSOY Bosh kotibi o‘rinbosari Sayit Yusuf, a’zo davlat rasmiy vakillari hamda turkiy respublikalardan tashrif buyurgan yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan TURKSOY Bosh kotibi o‘rinbosari Sayit Yusuf Bolqon yarimorolidan to Mo‘g‘ulistongacha bo‘lgan bepoyon hududdan tashrif buyurgan yosh yetakchilar ushbu nufuzli anjumanda jam bo‘lganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Turkiy xalqlar jahon tarixida buyuk sivilizatsiya va tamaddun barpo etganini alohida qayd etgan Sayit Yusuf navqiron avlod ushbu boy va bebaho merosni kelajak avlodlarga bezavol yetkazishi zarurligini uqtirib o‘tdi.

Trabzon shahar hokimi Ahmet Metin Genç dunyoning 21 mamlakatidan kelgan yoshlarni kutib olishdan mamnun ekanini ta’kidladi. Shahar hokimi kelajak bunyodkorlari bo‘lmish yoshlar “Tilda, fikrda, ishda birlik” shiori ostida umumiy kelajagimizni birga qurishlariga ishonch bildirdi.

Qirg‘iz Respublikasining Ankaradagi Favqulodda va muxtor elchisi Ruslan Kazakbayev Qirg‘iziston va Turkiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning 35 yilligiga alohida e’tibor qaratib, yoshlar turkiy dunyo kelajagining mustahkam kafolati va tayanchi ekanini qayd etdi. Trabzon voliysi Tahir Shahin esa mushtarak til va ma’naviy qadriyatlarning birlashtiruvchi qudratli kuchini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shenol Gunesh yoshlar bilan uchrashdi

Ochilish marosimidan so‘ng, Turkiya milliy futbol terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, taniqli mutaxassis Shenol Gunesh ma’ruzachi sifatida yoshlar oldida so‘zga chiqib, o‘zining boy hayotiy va kasbiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Anjuman doirasida tashkil etilgan sho‘ba majlislarida madaniy xotira hamda sun’iy intellektning zamonaviy imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi. “Erkin minbar” interaktiv bo‘limida esa yosh delegatlar o‘z loyihalari hamda madaniyat, media va tinchlik omillari borasidagi istiqbolli qarashlarini taqdim etdilar.

Madaniy-ma’rifiy dastur doirasida Sumela ibodatxonasi, Ayasofya masjidi hamda Otaturk saroyini ziyorat qilgan ishtirokchilar, forumning davomida choy fabrikasi, Dursun Ali İnan muzeyi va go‘zal Uzungol maskanig) a sayohat qiladilar. Keng ko‘lamli ushbu yoshlar forumi 21-oktabr kuni o‘z ishini yakunlaydi.

Media galereyasi

(64)

Bizni kuzatib boring

Twitter / XYouTubeFacebookLinkedInInstagram
Biz bilan bog‘laning

Manzilimiz
Ferit Recai Ertuğrul Caddesi No: 8
Or-An ANKARA/TÜRKİYE

Telefon va Faks raqamimiz
T: +90 (312) 491 01 00 (pbx)
F: +90 (312) 491 01 11

E-mail manzilimiz
turksoy@turksoy.org

© 2026 TÜRKSOY — Barcha huquqlar himoyalangan