TÜRKSOY
10 Oktabr 20261 daqiqalik o'qish

TURKSOY Bosh kotibİ Sulton Rayev "Turkiy dunyo yoshlar uchrashuvi" forumida ishtirok etdi

WhatsApp Image 2026-10-10 at 18.56.27 (1)

Adolat va taraqqiyot partiyasi turkiy davlatlar bilan aloqalar raisligi tomonidan Ko‘jaeli (Kocaeli) shahrida tashkil etilgan "Turkiy dunyo yoshlar uchrashuvi " (Türk Dünyası Gençlik Buluşması) forumi turkiy davlatlarning iqtidorli va yetakchi yoshlarini bir sahnada jamladi. Dasturda ishtirok etgan TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev anjumanning tantanali ochilish marosimida yoshlarga tabrik so‘zi bilan murojaat qildi.

2026-yilning 9–11-oktabr kunlari Ko‘jaelida bo‘lib o‘tgan ushbu nufuzli forumda Anqara deputati, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari va turkiy davlatlar  bilan aloqalar raisi. Kurshad Zo‘rlu TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev, Ko‘jaeli shahar hokimi hamda turkiy dunyodan taklif etilgan faxriy mehmonlar hamda ko‘plab yoshlar qatnashdilar.

Anjumanning ochilish qismida so‘zga chiqqan Zo‘rlu turkiy davlatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashda yoshlar zimmasidagi mas’uliyatli o‘ringa alohida e’tibor qaratib, mushtarak tarix, til va madaniyat poydevorida yosh avlod vakillari o‘rtasidagi ma’naviy rishtalarni rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.

TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev esa o‘z nutqida turkiy madaniyatning teran ildizlari hamda kelajak poydevorini barpo etishda yoshlarning tarixiy va ma’naviy mas’uliyatiga to‘xtaldi.

Sulton Rayev yoshlarga murojaat qilar ekan: “Ildiz va tomirlaringiz o‘tmishdan quvvat olsin, nigohingiz esa hamisha kelajakka qaratilsin!” deya ta’kidladi.

Tashkilot rahbari turkiy dunyoning mushtarak madaniy xotirasini asrab-avaylash zarurligini uqtirib, yoshlarni ilm-fan, san’at va zamonaviy texnologiyalar sohalarida yangidan-yangi olamshumul zafarlarni qo‘lga kiritishga chorladi.

Turkiy dunyoning eng qudratli kuchi yoshlarining hamjihatligidir”, deya so‘zini yakunlagan Sulton Rayev, TURKSOY yoshlar o‘rtasidagi madaniy va ma’naviy rishtalarni mustahkamlashga qaratilgan amaliy loyihalarni izchil davom ettirishini ta’kidladi.

Turkiy dunyoning turli mintaqalaridan kelgan yoshlarni bir joyga jam qilgan ushbu dastur mushtarak madaniy qadriyatlarni asrab-avaylash va targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida erkin muloqot va do‘stlik muhitini rivojlantirish hamda kelajakka qaratilgan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishni o‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Media galereyasi

(5)

Bizni kuzatib boring

Twitter / XYouTubeFacebookLinkedInInstagram
Biz bilan bog‘laning

Manzilimiz
Ferit Recai Ertuğrul Caddesi No: 8
Or-An ANKARA/TÜRKİYE

Telefon va Faks raqamimiz
T: +90 (312) 491 01 00 (pbx)
F: +90 (312) 491 01 11

E-mail manzilimiz
turksoy@turksoy.org

© 2026 TÜRKSOY — Barcha huquqlar himoyalangan