TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayevning Roza Aytmatovaning vafoti munosabati bilan yöllagan rasmiy taziya maktubi
Turkiy dunyoning uluğ çinori, buyuk yozuvçi Çingiz Aytmatovning qadrli singlisi, umrini ilm-fan, ta’lim va tarixiy xotiraga bağişlagan qadrli ziyolimiz Roza Aytmatovaning vafoti haqidagi xabarni çuqur qayğu bilan qabul qildim.
Bizlar uçun Roza xonim faqatgina buyuk yozuvçimiz Çingiz Aytmatovning omonati emas, balki turkiy dunyoning madaniy birligiga çin dildan işongan olima sanaladi. TURKSOY ölaroq taşkil etgan tadbirlarimizda yoşining uluğligiga qaramasdan sönmas ishtiyoqi bilan qatnashishi, tashkilotimiz faoliyatiga körsatgan yordami va biz bilan bölişgan ulkan tajribalari xotiramizdan aslo öçmaydi. Uning taşkilotimiz tadbirlaridagi vazmin va nurli siymosini har doim soğinamiz.
Turkiy dunyo uchun muhim olima bölgan qadrli Roza Aytmatovani Alloh rahmat qilsin! Aytmatovlar oilasiga, yaqinlariga, qirğiz xalqiga va turkiy dunyoga çuqur ta’ziya bildirib, sabr-toqat tilayman.
Ruhu şod, oxirati obod bölsin.
Sulton Rayev
TURKSOY Boş kotibi