TÜRKSOY
29 Oktabr 20262 daqiqalik o'qish

Respublika kuni munosabati bilan turkiy dunyo davlat rahbarlari şarafiga rasmiy keçki ziyofat taşkil qilindi

HV0dkxPXcAAaRRf

Turkiy davlatlar taşkilotining (TDT) 13-sammiti doirasida Anqara şahrida jam bölgan turkiy dunyo rahbarlari 29-oktabr — Respublika kunining 103 yilligi munosabati bilan uyuştirilgan rasmiy keçki ovqat ziyofatida iştirok etdilar. Mazkur nufuzli tadbirda Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga Turkiy dunyoning Oliy ordeni, TURKSOYning sobiq Boş kotibi Dusen Kaseinovga esa Alişer Navoiy xalqaro mukofoti tantanali ravişda topşirildi. Keçki ziyofat dasturi TURKSOY taşkiloti kömagida turkiy dunyoning turli ölkalaridan taşrif buyurgan san’atkorlarni bir sahnada jamlagan maxsus konsert dasturi bilan davom etdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon va rafiqasi Emine Erdöğon xonimning mezbonligida 2026-yil 29-oktabr kuni Prezidentlik majmuasi — Beştepa milliy körgazma saroyida bölib ötgan rasmiy ziyofatda TDT 13-sammitida qatnaşiş uçun Anqaraga kelgan davlat rahbarlari, ularning rafiqalari va yuqori martabali delegatsiya a’zolari hozir böldilar.

Respublikaning 103 yillik tantanalarida turkiy dunyo liderlari bir dasturxon atrofida birlaştirgan uşbu tadbir mamlakatlarimiz örtasidagi qardoşlik va birdamlik riştalarini, şuningdek, muştarak tarixiy hamda madaniy aloqalarni yanada mustahkamlovçi uçraşuvga aylandi.

Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga “Turkiy dunyoning oliy ordeni” taqdim etildi

Rasmiy keçki ovqat doirasida ötkazilgan tantanali marosimda Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga turkiy dunyoning birligi va birdamligiga qöşgan ulkan hissasi uçun “Turkiy dunyoning oliy ordeni” berildi. Turkiy davlatlar taşkiloti davlat rahbarlari kengaşining qaroriga asosan ta’sis etilgan uşbu nufuzli mukofot Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon tomonidan tantanali ravişda topşirildi.

Turkiy dunyoning muştarak maqsadlariga erişiş, mamlakatlararo özaro hamjihatlikni mustahkamlaş hamda hamkorlikni yanada rivojlantiriş yölidagi xizmatlarni e’tirof etiş maqsadida joriy etilgan mazkur ordenning Sadir Japarovga nasib etgani keçaning eng muhim va unutilmas voqealaridan biri böldi.

TURKSOY sobiq Boş kotibi Dusen Kaseinovga Alişer Navoiy nomidagi xalqaro mukofot topşirildi

Uşbu tantanali keçada 2026-yilgi Alişer Navoiy nomidagi xalqaro mukofot TURKSOYning sobiq Boş kotibi Dusen Kaseinovga taqdim etildi. 2008–2022-yillar oraliğida TURKSOY Boş kotibi lavozimida samarali faoliyat yuritgan Dusen Kaseinov turkiy dunyoning muştarak madaniy merosini asrab-avaylaş, madaniy aloqalarni kengaytiriş hamda turkiy madaniyatini xalqaro miqyosda keng tarğib etiş borasidagi köp yillik fidokorona mehnati bilan keng jamoatçilikka yaxşi taniş. Prezident Rajab Toyyib Erdöğon tomonidan topşirilgan uşbu mukofot Dusen Kaseinovning turkiy dunyoning madaniy hamkorligiga qöşgan salmoqli hissasiga berilgan yuksak baho sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.

TURKSOY taşabbusi bilan turkiy dunyo san’atkorlari bir sahnada jam böldilar

Rasmiy keçki ovqat ziyofatidan söng ötkazilgan madaniy-san’at dasturida TURKSOY taşkiloti kömagida turkiy dunyoning turli ölkalaridan taşrif buyurgan san’atkorlar sahna körinişlari bilan qatnaşdilar. Turkiy dunyoning boy musiqa va raqs an’analari namunalari taqdim etilgan konsertda muştarak madaniy merosning rang-barang qirralari tomoşabinlarga havola etildi.

Jumhuriyat bayramining 103 yilligi munosabati bilan turkiy davlatlar rahbarlari iştirokida uyuştirilgan mazkur konsert TDT 13-sammitining “Turkiy asr: tilda, fikrda, işda birlik”  ğoyasini san’at va madaniyat vositasida yorqin namoyon etdi.

Konsert yakunida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon va tadbirda iştirok etgan turkiy davlatlar yetakçilari sahna ijodkorlari bilan birgalikda esdalik uçun umumiy suratga tuşdilar.

Media galereyasi

(12)

Bizni kuzatib boring

Twitter / XYouTubeFacebookLinkedInInstagram
Biz bilan bog‘laning

Manzilimiz
Ferit Recai Ertuğrul Caddesi No: 8
Or-An ANKARA/TÜRKİYE

Telefon va Faks raqamimiz
T: +90 (312) 491 01 00 (pbx)
F: +90 (312) 491 01 11

E-mail manzilimiz
turksoy@turksoy.org

© 2026 TÜRKSOY — Barcha huquqlar himoyalangan