TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayevning 29- oktabr Respublika bayrami munosabati bilan yöllagan tabrik maktubi
Turkiy dunyoning qadrli a’zolari, aziz qardoşlarim,
Bugun Turkiya Respublikasi taşkil topganining 103 yilligini nişonlaş şukuhi va baxtini hammamiz birgalikda tuymoqdamiz. Ğoziy Mustafo Kamol Otaturk boşçiligida 1923-yil 29-oktabrda e’lon qilingan Respublika nafaqat bir davlatning barpo etilişini, şu bilan birga, istiqlol va ozodlik yölida olib borilgan buyuk kuraşning munosib ğalabasini ifodalaydi.
Turkiya Respublikasi taşkil topganidan buyon ötgan 103 yil mobaynida turkiy dunyoning muştarak ğururi va lokomotiviga aylandi. Qardoş xalqlarning har doim yonida turdi, oğir kunlarda yelka tutdi, muştarak madaniyatimiz va tariximizni asrab-avaylaşda peşqadamlik vazifasini ötadi. Bugun ham Turkiya özining qudratli nufuzi va madaniy boyligi bilan turkiy dunyo birligiga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti — TURKSOY ölaroq bizlar turkiy dunyoning buyuk donişmandi Çingiz Aytmatov ta’kidlaganidek, “Endi vaqt birlik va birdamlik vaqtidir” degan ezgu şior ostida faoliyat yuritamiz. Aytmatov qayd etganidek, öz birligini ta’minlay olmagan millatlar doimo tazyiq ostida qolişi haqiqatidan kelib çiqib, muştarak turk olamining boy madaniy merosi, tarixi va qadriyatlarini kelgusi avlodlarga yetkaziş mas’uliyatini öz zimmamizda taşiymiz. Respublikamiz bizlarga ato etgan mustaqillik, birlik va hamjihatlik tuyğusi turkiy dunyoning har bir göşasida aks-sado bermoqda.
Uşbu ma’noli va uluğ ayyom munosabati bilan eng avvalo Ğoziy Mustafo Kamol Otaturk va uning safdoşlarini, mustaqillik poydevorini qöyişda jon fido qilgan barça qahramonlarimizni çeksiz hurmat, rahmat va minnatdorlik bilan yod etaman. Turkiya Respublikasining 103 yilligini çin dildan muborakbod etib, uşbu qutluğ bayram turkiy dunyoga tinçlik, totuvlik va farovonlik olib kelişini tilayman.
Respublika bayramimiz muborak bölsin!
Sulton Rayev
TURKSOY Boş kotibi