TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev turkiy davlatlar taşkiloti taşqi işlar vazirlari kengaşi yiğilişida iştirok etdi
TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev boşçiligidagi delegatsiya a’zolari turkiy davlatlar taşkilotining (TDT) 13-sammiti doirasida Anqara şahrida ötkazilgan taşqi işlar vazirlari kengaşi yiğilişida iştirok etdi. Rayev anjumanda qilgan nutqida turkiy dunyoda madaniy hamkorlikni yanada rivojlantiriş hamda TURKSOYning institutsional salohiyatini mustahkamlaşga qaratilgan sa’y-harakatlarga alohida e’tibor qaratdi.
2026-yil 29-oktabr kuni Prezidentlik majmuasida Turkiya Respublikasi taşqi işlar vaziri Hakan Fidanning mezbonligida bölib ötgan mazkur yiğilişda TDTga a’zo va kuzatuvçi mamlakatlar vakillari hamda turkiy hamkorlik taşkilotlarining yuqori martabali rahbarlari qatnaşdilar.
Yiğilişda sözga çiqqan TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev 29-oktabr — Respublika bayrami munosabati bilan samimiy tabriklarini yöllab, Turkiya Respublikasiga yuksak mezbonlik uçun öz minnatdorligini bildirdi. Sammitning “Turkiy asr: tilda, fikrda, işda birlik” degan boş ğoyasi TURKSOY öttiz yildan buyon amalga oşirib kelayotgan madaniy hamkorlikning tub mohiyatini töla aks ettirişini ta’kidlagan Rayev Ismoil Ğaspirali ilgari surgan birlik ğoyasi bugungi kunda ham turkiy dunyodagi muştarak loyiha va taşabbuslarga asosiy poydevor bölib xizmat qilayotganini qayd etdi.
TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev taşkilotning madaniyat va san’at yönalişidagi faoliyatiga töxtalib, “Andijon – 2026-yilda turkiy dunyo madaniyat poytaxti” dasturi doirasida joriy yilda Özbekistonning Andijon şahrida ötkazilgan tadbirlarni yodga oldi. Şuningdek, barça iştirokçilarni 2027-yilda mazkur maqomni qabul qilib oladigan Kaysari şahrida taşkil qilinadigan bölajak tadbirlarga taklif etdi. Turkiya Respublikasining taklifiga binoan e’lon qilingan 2026-yil — Ziyo Kökalpni xotirlaş yili doirasida amalga oşirilgan işlarga ham töxtalib ötgan Rayev buyuk mutafakkir tavalludining 150 yilligi munosabati bilan turkiy dunyoning muştarak qadriyatlari va birdamlik ğoyasiga qöşgan hissasi yana bir bor e’tirof etilganini ta’kidladi. Şuningdek, Rayev 2028-yilda Çingiz Aytmatov tavalludining 100 yilligini keng kölamli qöşma loyihalar asosida xalqaro miqyosda nişonlaşni maqsad qilganlarini bildirdi.
Nutqida TURKSOYning taşkilot ölaroq rivojlanişiga ham alohida örin bergan Boş kotib Rayev 2025-yilda Ozarbayjonning Qabala şahrida bölib ötgan TDTning 12-sammitida davlat rahbarlari tomonidan TURKSOY faoliyatini yanada takomillaştiriş va kuçaytiriş böyiça bildirilgan qat’iy iroda taşkilotning istiqboli uçun muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidladi. Şu bois, TURKSOY Doimiy kengaşi qarorlari doirasida a’zo mamlakatlarning tegişli idoralari bilan yaqin maslahatlaşuvlar davom ettirilayotganini qayd etgan Rayev turkiy hamkorlik taşkilotlari bilan hamjihatlikda işlaşga katta ahamiyat qaratişlarini bayon etdi.
Sammit boş mavzusidagi “işda birlik” tuşunçasiga e’tibor qaratgan Sulton Rayev quyidagi fikrlarni bildirdi: “Maqsadimiz — muştarak öylarimizni amaliy sa’y-harakatlarga va bardavom bunyodkorlik işlariga aylantirişdir.”
Yiğilişda qatnaşgan TURKSOY delegatsiyasi tarkibidan TURKSOY Boş kotibi örinbosari Sayit Yusuf va bölim boşliği Salim Ezer ham örin oldilar.
Turkiy davlatlar yetakçilari 34 yildan söng yana Anqarada jam bölmoqdalar
Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammiti 2026-yil 30-oktabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon mezbonligida Anqara şahrida boşlandi. Turkiy tilli davlatlar rahbarlarining ilk oliy darajadagi uçraşuvi 1992-yilda aynan Anqarada ötkazilganidan roppa-rosa 34 yil ötib, qardoş mamlakat yetakçilari “Turkiy asr: tilda, fikrda, işda birlik” ezgu şiori ostida yana poytaxtimizda jam böldilar.
Sammit davomida turkiy mamlakatlar örtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada çuqurlaştiriş, özaro manfaatli loyihalarni tezlaştiriş va turkiy olamning istiqboliga oid ustuvor vazifalar atrofliça muhokama qilinişi rejalaştirilgan. Bundan taşqari, yiğiliş yakunida Anqara deklaratsiyasining qabul qilinişi va taşkilotning amaliy imkoniyatlarini kengaytiruvçi muhim hujjatlar imzolanişi kutilmoqda.