TÜRKSOY
29 Oktabr 20262 daqiqalik o'qish

Anqarada Respublika bayrami munosabati bilan "Turkiy dunyo maxsus konserti" bölib ötdi

WhatsApp Image 2026-10-28 at 23.29.53 (3)

Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) tomonidan Respublika bayrami munosabati bilan 2026-yil 28-oktabr kuni Anqara Arena sport saroyida “Turkiy dunyo maxsus konserti” taşkil etildi. Mazkur nufuzli tadbir turkiy dunyoning turli hududlaridan taşrif buyurgan 400 nafardan ortiq san’atkor va ijodkorni yagona sahnada birlaştirdi.

Konsertga madaniyat va turizm vaziri Mehmat Nuri Ersoy, Buyuk millat majlisi (TBMM) taşqi işlar qömitasi raisi Fuat Oktay, TBMM Sanoat, savdo, energetika, tabiiy resurslar, axborot va texnologiyalar qömitasi raisi Mustafa Varank, Adolat va taraqqiyot partiyasi boş raisi örinbosari va turkiy davlatlar bilan aloqalar bölimi rahbari Kurşad Zorlu, TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev hamda madaniyat va turizm vaziri örinbosari Gökhan Yazgi faxriy mehmonlar sifatida qatnashdilar.

Konsert dasturining tartibiga köra, boş dirijyor Jemi’i Jan Deliorman boşçiligidagi Prezidentlik simfonik orkestri hamda xor dirijyori Burak Onur Erdem rahbarligidagi xor jamoasi dasturni “Poloves raqslari” asari bilan tantanali ravişda oçib berdilar.

 “Turkiy dunyoning solistlari” bölimida sahna olgan san’atkorlar va ular ijro etgan asarlar quyidagilardan iborat böldi:

Tenor Atajon Berdiyev Dehistan raqs ansambli jörligida  Tulpor (“Bedew”) asarini mahorat bilan ijro etdi.

Soprano Zaira Raimbekova Şattik raqs ansambli hamda Anqara turkiy dunyo musiqa va raqs ansambli “Köl valsi”ni ijro etdi.

Soprano Beril Yurekli El “Çaling noğoralarni” asari bilan sahnaga çiqdi.

Tenor Umid Şavkat öğli Tumor va Kazına raqs ansambllari hamrohligida “Karnaval valsi”ni taqdim etdi.

Soprano Saltanat Dauletkhanova Birlik raqs ansambli va Davlat xalq raqslari ansambli jörligida “Qozoq valsi”ni ijro etdi.

Tenor Ramil Gasimov Ozarbayjon davlat xalq raqslari ansambli hamnafasligida “Ey Vatan” asarini kuyladi.

Keçada, şuningdek, solistler Zarina Altynbayeva va Murat Karahan “Bülbül”, “Aranjuez”, “Hasretinle Yandı Gönlüm”, “Parla più piano”, “I Could Have Danced All Night”, “Nazende Sevgilim” va “Brindisi” kabi asarlarni hamohanglikda va yakkaxon tarzda ijro etdilar. TURKSOYga a’zo mamlakatlarning Davlat xalq raqslari ansambllari esa “TURKSOY raqs potpurisi” nomli şou-dasturni namoyiş etdilar.

Konsertning faxriy mehmoni va maxsus yulduzi — qozoq san’atkori Dimaş Kudaybergen “Unforgettable Day”, “Weekend”, “Yazgı” hamda “The Şow Must Go On” kompozitsiyalari bilan sahnaga çiqib, tomoşabinlarga unutmas lahzalarni taqdim etdi.

Konsert yakunida matbuotga bayonot bergan protokol a’zolari turkiy dunyo örtasidagi muştarak madaniy riştalar va qardoşlik aloqalariga alohida töxtalib ötdilar.

Madaniyat va turizm vaziri Mehmat Nuri Ersoy özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida, jumladan şunday dedi: “400 nafar san’atkor, bir sahna, muştarak şukuh… Respublikamizning 103-yilini turkiy dunyo bilan bir ovozdan nişonlamoqdamiz.  Bu  keça bir sahnada jam bölgan trkiy dunyo san’atkorlari boy madaniyatimiz va qardoşligimizning qudratini yana bir bor butun olamga namoyon etdilar”. 

TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev esa özining qisqaça bayonotida quyidagi fikrlarga urğu berdi: “Anqara Arena saroyida bölib ötgan uşbu konsertda sadolari aslida turkiy dunyoning birlik va birdamlik qöşiğidir. Uşbu betakror konsert Respublika bayrami şukuhini turkiy dunyo bilan ulaşişga sabab böldi. Jumhuriyat bayramimiz muborak bölsin!”

Respublika bayrami tantanalari 29-oktabr kuni Prezidentlik majmuasi — Beştepa madaniyat va kongress markazida davom etadi.

Media galereyasi

(19)

Bizni kuzatib boring

Twitter / XYouTubeFacebookLinkedInInstagram
Biz bilan bog‘laning

Manzilimiz
Ferit Recai Ertuğrul Caddesi No: 8
Or-An ANKARA/TÜRKİYE

Telefon va Faks raqamimiz
T: +90 (312) 491 01 00 (pbx)
F: +90 (312) 491 01 11

E-mail manzilimiz
turksoy@turksoy.org

© 2026 TÜRKSOY — Barcha huquqlar himoyalangan