TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayevdan TDT Boş kotibi Kubaniçbek Omuraliyevga minnatdorlik va xayrlaşuv maktubi
Muhtaram elçi, Turkiy davlatlar taşkiloti Boş kotibi,
Aziz qardoşim,
Turkiy davlatlar taşkiloti Boş kotibiyatidagi faoliyatingizni muvaffaqiyatli yakunlaganingiz munosabati bilan şaxsan öz nomimdan va Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti — TURKSOY kotibiyati nomidan Sizga eng samimiy tabrik va minnatdorligimni bildirman.
Vazifangizni bajariş davringizda turkiy davlatlar örtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantiriş, qardoş mamlakatlarimiz örtasidagi özaro birdamlikni mustahkamlaş hamda Taşkilotimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltiriş yölidagi sa’y-harakatlaringizni katta e’tibor va mamnuniyat bilan kuzatib bordim.
Çuqur diplomatik salohiyatingiz, boy tajribangiz va bağrikeng yondaşuvingiz bilan Turkiy davlatlar taşkilotidagi mas’uliyatli vazifangizni muvaffaqiyatli ado etdingiz. Şu bilan birga, qirğiz diplomati sifatida zimmangizga yuklatilgan uşbu şarafli xalqaro vazifani yuksak burç hissi va professionallik bilan bajarib, yurtimiz va xalqimiz obrö-e’tiborini munosib himoya qildingiz.
Bir xalqning ikki farzandi va turkiy dunyoning ikki qardoş taşkiloti boş kotiblari sifatida yelkadoş bölib işlaganligimiz men uçun alohida mamnuniyat va ulkan faxrdir. Faoliyatingiz davomida örtamizda qaror topgan samimiy döstlik, özaro işonç va muassasalarimiz örtasidagi yaqin hamkorlikni doimo qadrlab yodga olaman.
Turkiy dunyoning birligi va birdamligi yölida amalga oşirgan xizmatlaringiz taşkilotimizning xotirasida va muştarak kelajagimiz poydevorida unutilmas iz qoldirişiga işonçim komil.
Muhtaram Boş kotib,
Vazifalar va lavozimlar özgarsa-da turkiy dunyoga xizmat qiliş yölida bunyod etgan köngil riştalarimiz va qardoşligimiz abadiy ekaniga işonaman. Boy tajribangiz va salohiyatingiz bilan bundan keyin ham turkiy dunyoning taraqqiyotiga ulkan hissa qöşişingizga aslo şubha qilmayman.
Fursatdan foydalanib, turkiy davlatlar taşkilotiga körsatgan qadrli xizmatlaringiz hamda TURKSOY bilan yölga qöygan yaqin hamkorligingiz uçun Sizga yana bir bor öz minnatdorligimni bildirib, kelgusi hayotingizda mustahkam soğliq, xotirjamlik, baxt-saodat va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Sulton Rayev
TURKSOY Boş kotibi