Şimoliy Kipr Turk Respublikasi taşqi işlar vaziri Tahsin Ertuğrulöğlu TURKSOYga taşrif buyurdi
Şimoliy Kipr Turk Respublikasi taşqi işlar vaziri Tahsin Ertuğruloğlu 2026-yil 30-oktabr kuni Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti — TURKSOY Boş kotibiyatiga taşrif buyurib, Boş kotib Sulton Rayev bilan uçraşuv ötkazdi.
Mazkur muloqot çoğida TURKSOY bilan Şimoliy Kipr Turk Respublikasi örtasidagi madaniy hamkorlik aloqalari atrofliça muhokama qilindi.
Vazir Ertuğrulöğlu TURKSOYning sönggi yillarda amalga oşirib kelayotgan keng kölamli faoliyatini yuksak e’tirof etdi hamda turkiy dunyoning madaniy integratsiyasiga qöşayotgan hissasi uçun Boş kotib Sulton Rayevga özining samimiy minnatdorligini izhor etdi.
Boş kotib Sulton Rayev öz navbatida Şimoliy Kipr Turk Respublikasining TURKSOY faoliyatidagi beqiyos örniga alohida töxtalib, Kipr turk xalqining boy madaniy merosini namoyiş etiş hamda muştarak madaniy riştalarni yanada mustahkamlaş borasidagi şeriklik izçil davom ettirilişini ta’kidladi.