Anqarada taşkil qilingan “Otlar raqsi: tiriliş olovi” tadbirida turkiy davlatlar rahbarlari ishtirok etdi.
Turkiy davlatlar taşkilotining (TDT) 13-sammiti doirasida 2026-yil 29-oktabr kuni Anqara şahrida “Otlar raqsi: tiriliş olovi” nomli şou-dastur namoyiş etildi.
Prezidentlik majmuasi tarkibidagi Malazgirt körgazma markazida taşkil etilgan mazkur tadbirda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon, sammit munosabati bilan Anqarada bölib turgan turkiy davlatlar rahbarlari hamda yuqori martabali vakillar iştirok etdilar.
Turklarning Markaziy Osiyodan Onadöligaça bölgan şonli tarixiy yölini aks ettiruvçi mazkur dasturda turkiy dunyoning boy madaniy merosi, muştarak tarixi va azaliy an’analari sahnada özining yorqin ifodasini topdi. Tadbirda iştirok etgan TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev davlat rahbarlari uçun maxsus tayyorlangan uşbu sahna körinişidan katta taassurot olganini bildirib, ijodkorlarga öz minnatdorligini izhor etdi. Boş kotib Sulton Rayev, jumladan, quyidagi fikrlarni bayon etdi: “Bugun tong saharda taşqi işlar vazirlarimiz bilan uçraşuvimizni ötkazdik. Ertangi Davlat rahbarlarimiz iştirokida bölib ötadiganv sammit oldidan barça yetakçilarimizni bir sahnada birlaştirgan uşbu maxsus tadbir barçada katta taassurot qoldirdi. Ushbu tadbirga hissa qöşgan barça ijodkorlarni çin dildan qutlayman. Turkistondan Onadöligaça çözilgan tarixiy safarimiz, turkiy madaniyatda otning tutgan betakror örni va xalqimiz asrlar davomida avaylab kelayotgan qadriyatlarimiz mazkur ma’noli otlar raqsi orqali yana bir bor jonlandi. TURKSOY ölaroq muştarak madaniy merosimizni asrab-avaylaş, uni boyitiş va kelgusi avlodlarga yetkazişni eng ustuvor vazifalarimizdan biri deb bilamiz. Uşbu betakror uçraşuvga mezbonlik qilgan qardoş Turkiya Respublikasiga öz minnatdorgimni bildirib, “Turkiy asr: tilda, fikrda, işda birlik” ğoyasi madaniyat va san’at sohasidagi qöşma sa’y-harakatlarimiz bilan yanada ziyoda bölişini tilayman”.