TÜRKSOY
18 Oktabr 20261 daqiqalik o'qish

Madaniyat va san’at elchilari Andijon shahriga tashrif buyurdilar

WhatsApp Image 2026-10-18 at 19.37.06 (2)

“Andijon - 2026-yilda turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” tadbirlari doirasida Andijon shahrida tashkillashtirilayotgan “IV TURKSOY Xalqaro teatr festivali” hamda “V Turkiy dunyo muzeylari  uchrashuvi” munosabati bilan shaharga  yetib kelgan nufuzli mehmonlar xalqaro aeroport hamda temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olindi. 

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY boshchiligda o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli madaniy loyihalar doirasida a’zo mamlakatlardan tashrif buyurgan taniqli teatr san’atkorlari va muzeyshunos mutaxassislar Andijon shahriga yetib keldilar.

O‘zbekiston mutasaddi idoralari mezbonligida Andijon xalqaro aeroporti hamda Andijon temir yo‘l vokzalida o‘tkazilgan samimiy kutib olish marosimlarida ishtirokchi mamlakatlardan kelgan nufuzli mehmonlarga guldastalar taqdim etildi.

Andijon shahri 18–23-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro teatr festivali hamda 19–20-oktabr kunlari o‘tkaziladigan muzeylar uyushmasi yig‘ilishi bilan hafta davomida butun mintaqaning asosiy madaniyat va san’at markaziga aylanadi.

 

Media galereyasi

(11)

Video Galerisi

(1)

Bizni kuzatib boring

Twitter / XYouTubeFacebookLinkedInInstagram
Biz bilan bog‘laning

Manzilimiz
Ferit Recai Ertuğrul Caddesi No: 8
Or-An ANKARA/TÜRKİYE

Telefon va Faks raqamimiz
T: +90 (312) 491 01 00 (pbx)
F: +90 (312) 491 01 11

E-mail manzilimiz
turksoy@turksoy.org

© 2026 TÜRKSOY — Barcha huquqlar himoyalangan