“Kaysari — 2027-yilda turkiy dunyo madaniyat poytaxti" tadbirlariga tayyorgarlik masalalari TURKSOYda muhokama qilindi
Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY mezbonligida "Kaysari — 2027-yilda turkiy dunyoning madaniyat poytaxti" tadbirlarini rejalashtirish va tayyorgarlik jarayoniga bag‘ishlangan muvofiqlashtiruvchi ishchi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda Kaysari shahar hokimligi (Kayseri Büyükşehir Belediyesi) vakillari ishtirokida TURKSOY Bosh kotibiyatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda turkiy dunyoni Kayseri shahrida birlashtiradigan xalqaro nufuzli anjumanlarning infratuzilmasi hamda tashkiliy-amaliy masalalari atroflicha atroflicha ko‘rib chiqildi.
Muloqot chog‘ida mushtarak til, adabiyot va madaniy qadriyatlarga bag‘ishlangan akademik simpoziumlar, xalqaro teatr muloqotlari hamda san’at festivallarining amaliy “yo‘l xaritasi” ko‘rib chiqildi. Shuningdek, rejalashtirilayotgan barcha tadbirlarni turkiy dunyoning mushtarak ma’naviy va tarixiy xotirasiga xizmat qiluvchi hamda kelajak avlodlarga meros bo‘lib qoladigan bardavom madaniy loyihalarga aylantirish ustuvor maqsad ekani alohida ta’kidlandi