TÜRKSOY
15 Oktabr 20262 daqiqalik o'qish

Bishkek shahrida "Turkiy dunyoda ozarbayjon tili va adabiyoti" simpoziumi bo‘lib o‘tdi

WhatsApp Image 2026-10-13 at 15.14.42

Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY ko‘magida “Turkiy dunyoda ozarbayjon tili va adabiyoti tadqiqotlari” nomli xalqaro ilmiy simpozium o‘tkazildi.

Ozarbayjonning Xazar universiteti hamda Yusuf Bolasog‘un nomidagi Qirg‘iz milliy universiteti hamkorligida 2026-yilning 8–9-oktabr kunlari tashkil etilgan ushbu nufuzli anjuman Qirg‘iz milliy universiteti hamda Birinchi Boku turkologiya qurultoyining 100 yillik yubileyiga bag‘ishlandi.

Simpoziumning tantanali ochilish marosimida Qirg‘iz milliy universiteti rektori Dogdurbek Chontoyev, Ozarbayjon Respublikasining Bishkekdagi Favqulodda va muxtor elchisi Latif Gandilov, Xazar universiteti asoschisi Hamlet Isoxanli va Ozarbayjonning TURKSOYdagi rasmiy vakili  Vugar Mammadov ishtirok etdilar.

"Tilning kelajagi sun’iy intellekt va raqamli platformalardadir"

Tadbirda TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayevning simpozium qatnashchilariga yo‘llagan rasmiy maktubini o‘qib eshitirgan Vugar Mammadov, avvalambor, Bosh kotibning anjuman ishtirokchilariga bo‘lgan samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mammadov tomonidan o‘qib eshitirilgan murojaatnomada Sulton Rayev til shunchaki so‘zlar to‘plamidan iborat emasligini, balki u xalqning ma’naviy xotirasi, milliy o‘zligi va o‘tmishdan kelajakka tutashgan madaniyat yo‘li ekanini alohida ta’kidladi.

O‘z nutqida Ozarbayjon Respublikasining madaniyat va til diplomatiyasiga oid muhim strategik yo‘nalishlariga to‘xtalib, jumladan, shunday dedi:

“Ozarbayjon hukumatining tegishli qarorlari bilan tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan “Ozarbayjon madaniyati – 2040” konsepsiyasi o‘zida g‘oyatda muhim strategik qarash hamda yuksak istiqbolni namoyon etmoqda. Biz tilimizni nafaqat asrab-avaylashni, balki uning buyuk kelajagini ham hamjihatlikda barpo etishni maqsad qilganmiz. Ozarbayjon tili hamda barcha turkiy tillarning istiqboli faqatgina maktablar, universitetlar va bosma kitoblar doirasi bilan cheklanib qolmasligi lozim. Tilimizning kelajagi raqamli platformalar, elektron kutubxonalar, ilmiy korpuslar, avtomatik tarjima texnologiyalari hamda sun’iy intellekt tizimlaridadir.

Bosh kotib o‘z nutqini “Ilmimiz teran, madaniyatimiz boy va turkiy dunyoning birligi abadiy bo‘lsin!” degan samimiy va ezgu niyatlar bilan yakunlandi.

Qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshiriladi

Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Fransiya kabi dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan kelgan taniqli olimlar hamda akademiklar ishtirok etgan anjumanda turkiy xalqlarning mushtarak adabiy merosi hamda ozarbayjon tilini xorijda o‘qitish va o‘rgatish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Simpozium turkologiya sohasida xalqaro hamkorlik va ilmiy muloqot ko‘lamini yanada kengaytirish, yosh olim hamda tadqiqotchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va turkiy dunyoda qo‘shma tadqiqot loyihalarini bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etishga doir muhim qarorlar qabul qilingan holda o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi

Media galereyasi

(2)

Bizni kuzatib boring

Twitter / XYouTubeFacebookLinkedInInstagram
Biz bilan bog‘laning

Manzilimiz
Ferit Recai Ertuğrul Caddesi No: 8
Or-An ANKARA/TÜRKİYE

Telefon va Faks raqamimiz
T: +90 (312) 491 01 00 (pbx)
F: +90 (312) 491 01 11

E-mail manzilimiz
turksoy@turksoy.org

© 2026 TÜRKSOY — Barcha huquqlar himoyalangan