TÜRKSOY
17 Oktabr 20261 daqiqalik o'qish

Andijonda IV Xalqaro turkiy dunyo teatr festivali boshlanmoqda

WhatsApp Image 2026-10-17 at 23.04.19

Xalqaro turkiy madaniyat tashkioti — TURKSOY boshchiligida, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi ko‘magida tashkillashtirilayotgan IV Xalqaro turkiy dunyo teatr festivali 2026-yilning 18–23-oktabr kunlari O‘zbekistonning Andijon shahrida bo‘lib o‘tadi.

Nufuzli teatr festivalida Qirg‘iziston Respublikasidan Sulton Ibrayimov nomidagi O‘sh milliy drama teatri va Alay musiqali drama teatri, O‘zbekiston Respublikasidan Andijon viloyati musiqali drama teatri va O‘zbekiston davlat drama teatri, Ozarbayjon Respublikasidan  Ozarbayjon davlat pantomima teatri, Qozog‘iston Respublikasidan Qozog‘iston "Jastar" teatri, Turkmanistondan Buyuk Saparmurod Turkmanboshi nomidagi Turkmaniston davlat akademik drama teatri ishtirok etmoqda.

Festivalning xalqaro hakamlar hay’ati tarkibidan Beybit Baxtigereyev (Qozog‘iston), Janish Kulmambetov (Qirg‘iziston), Nurxon Uslu (Turkiya), Farida Jalilova (Ozarbayjon), Gavhar Zokirova (O‘zbekiston) hamda Agamurod Baltayev (Turkmaniston) joy olgan.

Ushbu teatr festivalining rasmiy ochilish marosimi 19-oktabr kuni soat 16:30 da san’atkorlarning qizil yo‘lakchadan o‘tish tantanasi bilan boshlanadi. Tantanali ochilishdan so‘ng festivalning ilk spektaklini Qirg‘izistonning Alay musiqali drama teatri jamoasi namoyish qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev ishtirok etishi kutilayotgan ushbu teatr bayrami 23-oktabr kuni nihoyasiga yetadi. 


Bizni kuzatib boring

Twitter / XYouTubeFacebookLinkedInInstagram
Biz bilan bog‘laning

Manzilimiz
Ferit Recai Ertuğrul Caddesi No: 8
Or-An ANKARA/TÜRKİYE

Telefon va Faks raqamimiz
T: +90 (312) 491 01 00 (pbx)
F: +90 (312) 491 01 11

E-mail manzilimiz
turksoy@turksoy.org

© 2026 TÜRKSOY — Barcha huquqlar himoyalangan