TÜRKSOY
9 Noyabr 20261 daqiqalik o'qish

TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayevning Otaturkni xotirlaş kuni munosabati bilan yöllagan murojaati

WhatsApp Image 2026-11-09 at 18.46.39

Turkiya Respublikasining asosçisi, istiklol  kuraşining boş qömondoni hamda turkiy dunyoning uluğ yölboşçisi Mustafo Kamol Otaturkning vafot etganining 88 yilligi munosabati bilan unga çuqur ehtirom bildiramiz.

Ğoziy Mustafo Kamol Otaturk nafaqat Turkiyaning, balki butun turkiy olamnng yuragida alohida öringa ega davlat arbobidir. U yoqqan ozodlik maş’ali, turk xalqining hayotga tatbiq etgan taraqqiyot tamoyillari hamda qat’iy irodasi bugun ham istiqlol va erkinlik timsoli bölib xizmat qilmoqda.

Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti — TURKSOY ölaroq uning turk tili, tarixi va muştarak madaniy merosimizga qaratgan yuksak e’tiborini har doim mamnuniyat bilan yodga olamiz. Otaturkning turkiy xalqlarning muştarak tarixiy ildizlariga bölgan çeksiz sadoqati hamda qardoş ellarimizning kelajakda birlaşuvi borasida öşa davrlardayoq ilgari surgan başoratli qaraşlari bugun taşkilotimiz tomonidan amalga oşirilayotgan madaniy integratsiya jarayonlarining mustahkam ma’naviy poydevorlaridan birini taşkil etadi.

Şu munosabat bilan butun hayotini el-yurt ozodligi va taraqqiyotiga bağişlagan buyuk davlat arbobi Mustafo Kamol Otaturkni, istiqlol yölida aziz jonini fido qilgan barça fidoyilarimizni yana bir bor minnatdorlik va ta’zim bilan bilan esga olaman.  

Ruhlari şod bölsin.

 

Sulton RAYEV

TURKSOY Boş kotibi


Bizni kuzatib boring

Twitter / XYouTubeFacebookLinkedInInstagram
Biz bilan bog‘laning

Manzilimiz
Ferit Recai Ertuğrul Caddesi No: 8
Or-An ANKARA/TÜRKİYE

Telefon va Faks raqamimiz
T: +90 (312) 491 01 00 (pbx)
F: +90 (312) 491 01 11

E-mail manzilimiz
turksoy@turksoy.org

© 2026 TÜRKSOY — Barcha huquqlar himoyalangan