Anqarada özbek şoirlari Erkin Vohidov va Abdulla Oripov xotirasiga bağişlangan konsert dasturi bölib ötdi
Özbekiston Qahramoni va Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov tavalludining 90 yilligi hamda Özbekiston Qahramoni va Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan Anqarada xotira konserti taşkil etildi. Anqara Hoji Bayram Valiy universitetining yuzinçi yil madaniyat markazida bölib ötgan mazkur dastur Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti — TURKSOY, Özbekistonning Anqaradagi elçixonasi hamda Anqara Hoji Bayram Valiy universiteti hamkorligida amalga oşirildi.
Konsert dasturi Özbekiston davlat filarmoniyasining “Lazgi” aşula va raqs ansambli tomonidan sahnalaştirilgan “Doira zavqi” nomli xoreografik çiqiş bilan boşlandi. Tadbir doirasida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi örinbosarlari Minhojiddin Mirzo hamda Ğayrat Majid sahnaga çiqib ikki buyuk şoirning şe’rlaridan namunalar öqidilar.
Şoirlarning asarlari musiqa sadolari ostida sahnaga olib çiqildi
Dastur davomida Erkin Vohidov va Abdulla Oripov şe’rlari asosida bastalangan qöşiqlar Özbekistonda ötkazilgan respublika tanlovlari ğoliblari bölgan xonandalar tomonidan ijro etildi. Xonanda Avazbek Usmonov Erkin Vohidov qalamiga mansub “Özbegim” hamda Abdulla Oripov sözi bilan kuylanadigan “Birinçi muhabbatim” qöşiqlarini ijro etdi. Xonanda Şohsanam Xolmirzayeva esa Oripovning “Özbekiston, Vatanim manim” va Vohidovning “Döst bilan obod uying” şe’rlariga bastalangan taronalarni kuyladi.
Tadbirda Azamat Ahmedov “Oy fonusi” va “Ğunça” asarlarini ijro etgan bölsa, Alişer Abduğofurov “Yorga maktub yozdim” hamda “Sen bahorni soğinmadingmi?” qöşiqlarini tomoşabinlarga taqdim etdi. Ayrim asarlar ijrosi davomida xonandalarga “Lazgi” raqs ansambli ham jör böldi.
Konsert Özbekiston davlat filarmoniyasi “Şodlik” ansambli sozandalari ijrosidagi “Baxtli yoşligim” nomli musiqiy aytişuvdan söng, Azamat Ahmedov va barça yakkaxon xonandalar iştirokida ijro etilgan “Lazgi” xalq kuyi bilan yakunlandi.