Qirğiz ma’rifatparvari Qosim Tinistanov TURKSOYda ötkazilgan dastur doirasida yodga olindi
Qirğiz tilşunosligi asosçilaridan biri, şoir va pedagog Qosim Tinistanov tavalludining 125 yilligi munosabati bilan Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti — TURKSOY Boş kotibiyatida xotira dasturi bölib ötdi.
TURKSOY taşabbusi bilan taşkil etilgan “Turkistonning ğoyaviy uyğonişi va ozodlik kuraşi: Qosim Tinistanov" nomli xalqaro xotira va ilmiy muhokama dasturi “Boku turkologiya qurultoyi iştirokçilari va Turkiston ma’rifatparvarlari” körgazmasining oçilişi va taniştiruv filmining namoyişi bilan boşlandi. Anjumanda TURKSOY Boş kotibi örinbosari Sayit Yusuf, Qirğiziston parlamenti deputati Bolot Saginayev, Çingiz Aytmatov instituti rahbari Ilyas Töpsaqal, Qirğizistonning TURKSOYdagi vakili Marat Tagayev, Yevroosiyo yozuvçilar uyuşmasi raisi Ufuk Tuzman va dotsent Ibrohim Otabey qatnaşdilar.
Dasturning oçiliş marosimida sözga çiqqan TURKSOY Boş kotibi örinbosari Sayit Yusuf Tinistanovning turkiy dunyo uçun tutgan beqiyos örniga alohida urğu berdi. Yusuf: “Qosim Tinistanov turkiy xalqlarning siyosiy tafakkuri tarixida nafaqat qirğiz xalqi yetiştirgan yirik mutafakkir sifatida, balki barçamizning ğoyalarimiz, turkiy dunyoning muştarak qadriyatlari va özligining şakllanişida öziga xos öringa ega şaxsiyatdir”, deya ta’kidladi.
Qirğiziston Respublikasining TURKSOYdagi vakili Marat Tagayev esa Tinistanovning davlatçilik qurilişidagi örniga töxtalib, jumladan şunday dedi: “Qosim Tinistanov qirğiz tilşunosligiga tamal toşini qöygan, milliy ta’lim tizimimiz rivojiga hamda qirğiz davlatçiligining şakllaniş jarayoniga salmoqli hissa qöşgan tarixiy şaxsdir. U 1926-yilda Bokuda bölib ötgan Birinçi turkologiya qurultoyida iştirok etib, buyuk bir vazifani öz zimmasiga olgan”.
Mustaqillik yölida oğir badal tölagan zotlar
Yevroosiyo yozuvçilar uyuşmasi raisi Ufuk Tuzman uluğ ma’rifatparvarlarning maşaqqatli şaroitlardagi kuraşiga e’tibor qaratdi. Ismoil Gaspirali boşlab bergan jadidçilik harakatining ahamiyati haqida söz oçgan Tuzman şunday dedi: “Qosim Tinistanov yaşagan davr ziyolilarimiz jonini garovga qöyib işlagan zamon edi. Ular öşa avlodni tarbiyalagan va ma’rifat nuri bilan yoritgan insonlar edilar”.
Qirğiziston Respublikasi parlamenti deputati Bolot Saginayev öz nutqida Turkiya va Qirğiziston örtasidagi mustahkam döstlikka diqqat qaratdi. Saginayev: “Turkiya Respublikasi Qirğiziston Respublikasining mustaqilligini tan olgan birinçi davlat böldi. Bu holat ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikning yangi davrini oçib bergan ma’naviy va tarixiy qadamdir”, deya Tinistanovning uşbu qardoşlik tarixidagi alohida örnini ta’kidladi.
Çingiz Aytmatov instituti rahbari Ilyas Töpsaqal ham tarixiy jarayonlarning murakkabligiga e’tibor qaratib va jumladan şunday dedi: “Tarix faqat şonli va ulkan ğalabalardan iborat emas. Bu xalq bugungi kunga kelgunga qadar juda oğir sinovlar, maşaqqatlar va yöqotişlar bilan yuzlaşdi. Zero Qosim Tinistanov va uning safdoşlari 1926-yilgi Boku qurultoyidan söng qanday ta’qib va qatağonlarga duçor bölganlarini yaxşi bilamiz”.
Anjuman Qosim Tinistanovning maşaqqatli hayot yöli va faoliyati haqida turmuş örtoğining xotiralari asosida tayyorlangan videorolik namoyişi, iştirokçilarga esdalik sovğalari topşiriş va esdalik uçun jamoaviy suratga tuşiş bilan nihoyasiga yetdi.