TURKSOY Boş kotibi örinbosari Sayit Yusuf turkiy sivilizatsiyaning ahamiyati haqida nutq qildi
Turkiy tafakkur olamining buyuk siymolaridan biri Ziyo Kökalp tavalludining 150 yilligi munosabati bilan Könya şahrida “Tavalludining 150 yilligida Ziyo Kökalp (Turkiy til, tarix va sivilizatsiya kontekstida)” mavzusida xalqaro simpozium öz işini boşladi.
Najmiddin Erbaqon universiteti (NEU) mezbonligida, Turk til jamiyati (TDK), YUNESKO işlari böyiça Turkiya milliy komissiyasi, TURKSOY, “Turk Ta’lim-Sen” kasaba uyuşmasi hamda Könya şahar hokimligi va Qoratoy tuman hokimligi hamkorligida taşkil etilgan mazkur simpozium Fuat Sezgin nomidagi anjumanlar zalida öz işini boşladi.
Dasturning oçiliş marosimida sözga çiqqan TURKSOY Boş kotibi örinbosari Sayit Yusuf turkiy xalqlar yaratgan madaniy va ğoyaviy qadriyatlar butun insoniyat tomonidan tan olinişi hamda e’tirof etilişi zarurligini alohida ta’kidladi.
TURKSOY muştarak madaniy xotirani kelajak avlodlarga yetkaziş maqsadida 2026-yilni “Ziyo Kökalpni xotirlaş yili” deb e’lon qilganini eslatib ötgan Yusuf: “Ziyo Kökalp kabi allomalarimiz dunyoning har bir burçagida keng tarğib qilinişi şart. Turkiy sivilizatsiyasining insoniyat taraqqiyotiga qöşgan bebaho hissalari butun jahonga yetkazilişi kerak”, deya ta’kidladi.
Kökalpning ğoyaviy merosi turli fanlar kesimida tadqiq etilmoqda
Najmiddin Erbaqon universiteti (NEU) Ijtimoiy va gumanitar fanlar fakulteti dekani Ömer Söner Hunkan esa Ziyo Kökalpning “Turkiylaşmoq, musulmonlaşmoq, zamonaviylaşmoq” kabi asosiy asarlarini turli turkiy tillarga tarjima qiliş muştarak xotirani mustahkamlaş nuqtayi nazaridan beqiyos ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratdi.
NEU rektori örinbosari Bahadır Feyziöğli Kökalpning til, ta’lim va madaniyat sohalaridagi qaraşlari öz dolzarbligini hamon saqlab kelayotganini ta’kidlab, mahalliy şevalar hamda xalq oğzaki ijodi namunalarini asrab-avaylaş va rivojlantirişning muhimligiga töxtaldi.
YUNESKO işlari böyiça Turkiya milliy komissiyasi raisi Mehmet Öjal Öğuz ham Ziyo Kökalp tavalludining 150 yilligi hamda vafotining 100 yilligini umummilliy darajada keng nişonlaş jarayonida muassasalararo hamkorlikning naqadar muhim örin tutişini alohida qayd etdi.
Ikki kun davom etadigan va 56 nafar olim ma’ruza bilan iştirok etadigan simpozium doirasida TURKSOY tomonidan tayyorlangan “Ziyo Kökalp körgazmasi” ham tomoşabinlar e’tiboriga havola etildi.