TÜRKSOY
6 Noyabr 20263 daqiqalik o'qish

Özbek adabiyotining ikki buyuk namoyandasi Anqarada yod etildi

WhatsApp Image 2026-11-06 at 16.59.55 (3)

Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti — TURKSOY zamonaviy özbek adabiyotining ikki buyuk vakili, Özbekiston Qahramonlari va Xalq şoirlari Erkin Vohidov hamda Abdulla Oripov xotirasiga bağişlangan tadbir Anqara şahrida taşkil etildi. Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasida bölib ötgan mazkur anjumanda Erkin Vohidov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan turk tiliga ögirilgan “Söz latofati” hamda Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligi xotirasiga bağişlab tayyorlangan “Saylanma” kitoblarining taqdimot marosimi ötkazildi.

Dasturning oçiliş nutqi TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayevning nutqi bilan boşlandi. Adabiyot va kitobxonlik madaniyati xalqlar örtasida bepoyon va mustahkam ma’naviy köprik ekanini ta’kidlagan Rayev, jumladan şunday dedi: “Özbekistonda hurmatli Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan adabiyot va kitobxonlik madaniyatiga favqulodda katta e’tibor qaratilmoqda. Bu — barçaga örnak böladigan va tahsinga loyiq ezgu taşabbusdir”. Şuningdek, u Özbekistonning boy adabiy merosni asrab-avaylaş borasidagi sa’y-harakatlarini yuksak baholadi.

TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayevdan söng sözga çiqqan Özbekiston Respublikasining Anqaradagi Favqulodda va muxtor elçisi Ilhom Haydarov uşbu tadbirning ahamiyatiga alohida töxtaldi. Elçi Haydarov öz nutqida: “Adabiyot va kitobga bölgan muhabbat xalqlar örtasida bunyod etilgan va heç qanday çegara bilmaydigan eng mustahkam ma’naviy köprikdir”, deya uşbu ikki şoirning asarlari taqdimotida olimlarni va barcha mehmonlarni körib turganidan çeksiz şaraf va mamnuniyat tuyayotganini bildirdi.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi birinçi örinbosari Minhojiddin Mirzo özining ta’sirçan nutqida Erkin Vohidov va Abdulla Oripovning XX asrning murakkab va ziddiyatli davrlarida ham milliy özlik hamda mustaqillik ğoyalariga sodiq qolganliklarini alohida ta’kidladi. Minhojiddin Mirzo uluğ adiblarning ozodlikni kuylagan şe’r va asarlari Özbekiston mustaqilligining ma’naviy poydevorini yaratişda va uni tayyorlaşda mustahkam asos vazifasini ötaganini alohida eslatib ötdi.

Özbekiston Xalq şoiri Usmon Azim öz nutqida adabiyot xalqlar ruhini aks ettiruvçi eng muhim közgu ekanini ta’kidladi. U uşbu ikki zabbardast qalam sohibi nafaqat özbek adabiyotida, balki butun turkiy dunyoning muştarak tafakkur olamida ham mustahkam öringa ega ekanini qayd etib, ularning asarlarini kelgusi avlodlarga yetkazişning muhimligiga e’tiborni qaratdi.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş bölimi boşliği Komiljon Rahimov esa öz nutqida madaniy hamkorlikning kuçiga töxtaldi. Rahimov ustoz şoirlarning asarlari turk tiliga ögirilib naşr etilişi ikki qardoş mamlakat örtasidagi madaniy diplomatiya va uzviy riştalarni yanada yuksak bosqiçga olib çiqqanini ta’kidladi.

Çingiz Aytmatov instituti rahbari professor Ilyas Topsakal öz nutqida taqdimoti ötkazilgan kitoblarning tarixiy ahamiyati va madaniyatlararo örnatgan qudratli ma’naviy ta’siriga töxtaldi. Topsakal uşbu asarlar şunçaki adabiy boylik bölibgina qolmay, turk va özbek xalqlarini ma’naviy jihatdan bir-biriga yanada yaqinlaştiradigan mustahkam madaniy köprik vazifasini ötayotganini alohida ta’kidladi.

İlmiy anjumanda şoirlarning adabiy merosi va ular bilan boğliq xotiralar yodga olindi

Oçiliş nutqlari yakunlangaç, protokol a’zolari hamda şoirlarning oila a’zolari iştirokida taqdim etilgan kitoblarning ramziy qizil lentasi kesildi. Şundan söng Erkin Vohidov va Abdulla Oripovning adabiy merosi atrofliça tahlil qilingan seminar qismiga ötildi. İlmiy muloqotda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi örinbosari Ğayrat Majid, Gazi universitetidan prof. dr. Fatma Açik hamda Anqara Yildirim Boyazid universitetidan dr. Yaşar Tokay şoirlarning hayoti, ijodi va tafakkur olami böyiça keng qamrovli ilmiy ma’ruzalar qildilar.

Dasturda şoirlarning oila a’zolari ham söz olib, yiğilganlarga hayajonli daqiqalarni taqdim etdilar. Abdulla Oripovning rafiqasi Hanifa Mustafoyeva hamda Erkin Vohidovning öğli Xurşid Vohidov mohir qalam sohiblari bilan boğliq şaxsiy xotiralarini zalda yiğilgan adabiyot ixlosmandlari  bilan örtoqlaşdilar.

Tadbirdan söng şoirlarning hayot yöli va boy adabiy merosini aks ettiruvçi maxsus fotosuratlar körgazmasi mehmonlar e’tiboriga havola etildi. Anjuman ma’ruzaçilarga taşakkurnoma va esdalik nişonlari topşirilişi hamda iştirokçilarning oila a’zolari bilan birgalikda tuşgan jamoaviy esdalik surati bilan öz yakuniga yetdi.

 

Media galereyasi

(33)

Bizni kuzatib boring

Twitter / XYouTubeFacebookLinkedInInstagram
Biz bilan bog‘laning

Manzilimiz
Ferit Recai Ertuğrul Caddesi No: 8
Or-An ANKARA/TÜRKİYE

Telefon va Faks raqamimiz
T: +90 (312) 491 01 00 (pbx)
F: +90 (312) 491 01 11

E-mail manzilimiz
turksoy@turksoy.org

© 2026 TÜRKSOY — Barcha huquqlar himoyalangan