TÜRKSOY
9 Oktabr 20261 daqiqalik o'qish

Turkmanistonlik talabalar ijrosida "Tulporga ehtirom" spektakli sahnalashtirildi

970A0922.JPG

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY yetakchiligida hamda TİKA, Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro turk-qozoq universiteti, Turkiston viloyati hokimligi, Turkiston shahar hokimligi va Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi ko‘magida o‘tkazilgan xalqaro talabalar teatr festivalida Turkmaniston Davlat madaniyat instituti huzuridagi Mollanepes nomidagi talabalar teatri tomonidan "Tulporga ehtirom" (Bedev Sarpası) nomli spektakl tomoshabinlar e’tiboriga taqdim etildi.

Turkmaniston Madaniyat vazirligi ko‘magida festivalda ishtirok etgan hamda rejissyori Merdan Handurdiyev bo‘lgan ushbu sahna asari festival hakamlar hay’ati tomonidan "Eng yaxshi yoritilgan milliy mavzu" (En İyi İşlenmiş Millî Tema) mukofotiga munosib ko‘rildi. Spektakl Mekan Muratberdiyev, Leyli Şallıyeva, Serdar Daliyev, Ene Erekova, Gulsoltan Saparova, Muhammedeyyup Amanov, Akmuhammet Hojageldiyev, Bahar Bayramova, Bezirgen Niyazov, Diyar Gurbanguliyev, Roza O‘vliyaguliyeva va Seyran Geldiyevdan iborat iqtidorli talabalar jamoasi tomonidan sahnalashtirildi. Texnik masalalr esa Oraz Atayev tomonidan boshqarildi.

Festivalning eng e’tiborli spektakllaridan biriga aylangan ushbu asar Turkmanistonning milliy yetakchisi, Qahramon Arqadag‘ Gurbanguli Berdimuhamedovning "Ot — sadoqat va baxt timsoli" hamda "Turkman davlatchilligi tamoyillari" nomli kitoblari asosida teatr sahnasiga moslashtirilgan. Spektakl voqealari Hukmdor Sulton Husayn Boyqaro hamda uning donishmand vaziri, turkiy adabiyotning eng yorqin vakili Alisher Navoiy obrazi atrofida rivojlanadi.

Asar asosiy mazmunini sultonning ogohlantirishlarga parvo qilmay, o‘zining sadoqatli vaziri va uning jonkuyar samand otini adolatsiz ravishda sahroga surgun qilishi hamda ushbu otning suvsizlikdan halok bo‘lishi va ana o‘shandan keyinortidan mamlakatdan qut-baraka va farovonlik ko‘tarilishi kabi dramatik voqealar tashkil etadi. Yillar o‘tib, pushti kamar (farzand) tilab ziyoratgohga qilingan tashrif chog‘ida, duo qilingan muqaddas maskan o‘sha halok bo‘lgan sodiq otning xoki ekani ayon bo‘ladi. Sultonning mazkur tabarruk qadamjoda surgun qilingan vaziri bilan yuzlashuvi va undan tavba-tazarru ila afv tilashi asarning falsafiy va ma’naviy-axloqiy tub mohiyatini namoyon etadi.

An’anaviy milliy motivlar va ma’naviy qadriyatlar bilan boyitilgan ushbu spektakl turkman madaniyatida samand otning naqadar yuksak qadr-qimmatga ega ekanini, sadoqat va kechirimlik tuyg‘ularini samimiy va sodda sahna tili orqali tomoshabinlarga yetkazib berdi.

Media galereyasi

(19)

Bizni kuzatib boring

Twitter / XYouTubeFacebookLinkedInInstagram
Biz bilan bog‘laning

Manzilimiz
Ferit Recai Ertuğrul Caddesi No: 8
Or-An ANKARA/TÜRKİYE

Telefon va Faks raqamimiz
T: +90 (312) 491 01 00 (pbx)
F: +90 (312) 491 01 11

E-mail manzilimiz
turksoy@turksoy.org

© 2026 TÜRKSOY — Barcha huquqlar himoyalangan