TÜRKSOY
22 Oktabr 20261 daqiqalik o'qish

“Sog‘inch” nomli mono spektakl namoyish etildi

Orta IMG_5860

 

O‘zbekistonning Andijon shahrida o‘tkazilayotgan IV TURKSOY xalqaro teatr festivali doirasida To‘qto‘g‘ul Ojobayev nomidagi Alay musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Sog‘inch” nomli mono spektakl (bir kishilik sahna asari) teatr ixlosmandlari e’tiboriga havola etildi.

Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Qanibek Imanaliyev qalamiga mansub ushbu asarning reissyorligini Qirg‘iziston xalq artisti Ulanmirza Qaripbayev o‘z zimmasiga olgan. Qirg‘iziston xalq artisti Alimqul Isoqovning monoperformansi va mahoratli ijrosida sahnaga olib chiqilgan ushbu spektakl o‘zining qudratli ta’sir kuchiga ega bayoni va teran dramatik mazmuni bilan tomoshabinlarning tahsiniga sazovor bo‘ldi.

Onaga bo‘lgan ehtirom hamda cheksiz hurmat-ehtiromni ulug‘lashni bosh g‘oya sifatida qamrab olgan ushbu sahna asari ona va farzand o‘rtasidagi muhabbat abadiy ekanini, insoniyat faqat va faqat ushbu samimiy tuyg‘uning avlodlar qalbida yashashi evaziga davomiylik kasb etishini uqtiradi. Inson zotining mavjudligida otaning o‘rni beqiyos bo‘lsa-da, avlodlarni asrab-avaylash hamda saqlab qolishda ona qalbining betakror va tengsiz qudrati yanada yuksakroq turadi, degan falsafiy g‘oya spektaklning dramatik kurgusi orqali tomoshabinga teran yetkaziladi.

Sahnada bir o‘zi ulkan mahorat namoyish etgan tajribali aktyor Alimqul Isoqov onalik mehri, munavvar sevgisi va fidoyiligini gavdalantirgan ta’sirchan ijrosi bilan tomoshabinlarni maftun etib, festival ishtirokchilariga unutilmas va hayajonli daqiqalarni taqdim etdi.

Media galereyasi

(10)

Bizni kuzatib boring

Twitter / XYouTubeFacebookLinkedInInstagram
Biz bilan bog‘laning

Manzilimiz
Ferit Recai Ertuğrul Caddesi No: 8
Or-An ANKARA/TÜRKİYE

Telefon va Faks raqamimiz
T: +90 (312) 491 01 00 (pbx)
F: +90 (312) 491 01 11

E-mail manzilimiz
turksoy@turksoy.org

© 2026 TÜRKSOY — Barcha huquqlar himoyalangan