TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayevning Turkiy davlatlar taşkilotining yangi Boş kotibi Mirvohid Azimovga yöllagan tabrik maktubi
Hurmatli Mirvohid AZIMOV janoblari!
Turkiy davlatlar taşkiloti Boş kotibi,
Qadrli döstim,
Turkiy davlatlar taşkilotining Anqara şahrida bölib ötgan 13-sammitida Boş kotib lavozimiga saylanganingiz bizlarni ğoyat mamnun etdi. Uşbu mas’uliyatli va şarafli vazifani bajarişga kirişganingiz munosabati bilan sizni şaxsan öz nomimdan va TURKSOY jamoasi nomidan eng samimiy tuyğularim bilan çin dildan muborakbod etaman.
Siz bilan avval ham bir bayroq ostida faoliyat yuritiş, muştarak maqsadlar yölida faoliyat qiliş hamda turkiy dunyoga yelkadoş bölib xizmat körsatiş baxtiga muyassar bölganimdan har doim faxrlanib kelganman. Öşa davrlardan bugungi kunga qadar davom etib kelayotgan döstligimiz va özaro işonçimiz men uçun öta qadrlidir.
Sizning kasbiy salohiyatingiz, mehnatsevarligingiz va turkiy dunyoning porloq kelajagiga bölgan sadoqatingizga yaqindan guvoh bölgan bir inson sifatida bunday yuksak va mas’uliyatli lavozimga loyiq körilganingizdan boşim osmonga yetdi. Uşbu şarafli vazifa yillar davomida körsatgan fidokorona mehnatingiz va qozongan yuksak işonçingizning munosib e’tirofi ekaniga çin dildan işonaman.
Bugungi kunda turkiy dunyo özining muştarak tarixi va madaniyatidan kuç olib, kelajak sari dadil qadam taşlamoqda. Uşbu mas’uliyatli davrda Turkiy davlatlar taşkiloti sizning rahbarligingiz ostida yangi-yangi muvaffaqiyatlarga erişişiga aslo şubha qilmayman.
TURKSOY ölaroq bundan avvalgi yillarda yelkadoş bölib bosib ötgan yölimizni bundan keyin ham ana şu ezgu samimiyat, birdamlik va muştarak mas’uliyat tuyğusi bilan davom ettirişdan mamnunmiz.
Muhtaram Boş kotib!
Hayotning eng gözal jihatlaridan biri — yillar muqaddam muştarak ezgu ğoyalarni bölişib, yelkadoş bölib mehnat qilgan qadrdonlarimizning bugun öşa uluğ maqsadlarga yanada ulkan mas’uliyat bilan xizmat qilayotganini körişdir. Sizning mazkur lavozimga loyiq körilganingiz nafaqat idoriy yutuq, ayni paytda qadrdon döst erişgan yuksak muvaffaqiyatdan qalbda tuğilgan çinakam quvonçdir.
Şu tuyğu va ezgu tilaklar bilan sizni yana bir bor çin qalbimdan muborakbod etib, yangi mas’uliyatli faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar, mustahkam soğliq va xotirjamlik tilayman.
Örtamizdagi qardoşlik riştalari hamda turkiy olam ravnaqi yölidagi muştarak şijoatimiz bardavom bölişini tilab, Sizga özimning eng samimiy tilak va yuksak ehtiromlarimni izhor etaman.
Sulton Rayev
TURKSOY Boş kotibi