Turkiy dunyo san’at universitetlari uyuşmasining VI davriy yiğilişida bir qator qarorlar qabul qilindi
Turkiy dunyo san’at universitetlari uyuşmasining VI davriy yiğilişida qöşma muzey taşkil etiş, teatr festivallarini a’zo universitetlar örtasida navbatma-navbat ötkaziş hamda TURKSOY Yoşlar orkestrining 2027-yilda turkiy dunyoga qaratilgan faoliyati boşlanışıga qaror qilindi.
Turkiy dunyo san’at universitetlari uyuşmasining VI davriy yiğilişi 2026-yil 16-noyabr kuni Anqara musiqa va tasviriy san’at universitetida bölib ötdi. Uyuşmaning amaldagi raisi va mazkur universitet rektori, Gulçin Yahyo Kaçar raisligida ötgan yiğilişda TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev hamda a’zo universitetlar rahbarlari iştirok etdilar.
Yiğiliş yakunlari böyiça qabul qilingan Anqara yakuniy bayonotida turkiy dunyoning muştarak madaniy merosini asrab-avaylaş, san’at ta’limi sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş va yoş san’atkorlarni qöşma loyihalarda birlaştirişga qaratilgan muhim qarorlar örin oldi.
Qöşma muzey taşkil etiladi, teatr festivallari navbatma-navbat ötkaziladi
Bayonotda qöşma muzey taşkil etiş va an’anaviy musiqa çolğu asboblarini öquv dasturlariga kiritiş belgilandi. Şuningdek, teatr festivallarini a’zo universitetlar örtasida navbatma-navbat ötkaziş hamda TURKSOY Yoşlar orkestrining 2027-yilda turkiy dunyo böylab öz faoliyatini boşlaşi ham qabul qilingan qarorlar qatoridan joy oldi.
Universitetlarning tarğibot-taşviqot işlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida umumiy raqamli axborot platformasi hamda san’at asarlari va ijodiy işlarni jamlovçi tarğibot arxivini yaratiş imkoniyatlari örganiladi.
Turkiy dunyoning yoş iste’dodlari festivalini 2027-yil 19-may — Otaturkni xotirlaş, yoşlar va sport bayrami doirasida, Turkiy dunyo san’atlari simpoziumi va festivalini esa 2027-yil sentabr oyida ötkazişga qaror qilindi. Tadbirlarning tayyorgarlik va hamkorlik jarayonlari amaldagi raislik muvofiqlaştiruvi ostida olib boriladi.
Uçta universitetning a’zolik hujjatlari imzolandi
Uzeyir Hojibeyli nomidagi Boku musiqa akademiyasi, Qurmanğazi nomidagi Qozoq milliy konservatoriyasi hamda Kulaş Bayseitova nomidagi Qozoq milliy san’at universitetining Uyuşmaga a’zo böliş haqidagi murojaatlari ijobiy baholandi. Uçta oliy ta’lim muassasasining Uyuşma safiga qöşilişiga oid hujjatlar tantanali ravişda imzolandi.
Amaldagi raislik muddati bir yilga uzaytirildi
Yiğilişda professor Gulçin Yahyo Kaçarning Uyuşmaga raislik vakolati yana bir yilga uzaytirildi. Uşbu muddat davomida Uyuşmaning faoliyat yuritiş tartibi va ta’sis hujjatlariga oid özgartirişlarni yakuniga yetkazişga qaror qilindi.
2027-yil may oyida Anqara musiqa va tasviriy san’at universiteti mezbonligida rektorlarning onlayn yiğilişi bölib ötadi. Uyuşmaning navbatdagi yiğilişi esa 2027-yil sentabr oyida Qirğizistonda ötkaziladi. Amaldagi raislik saylovini ham aynan şu yiğilişda ötkaziş belgilandi.