TÜRKSOY
2 Noyabr 20263 daqiqalik o'qish

TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev turkiy dunyo muloqot forumida nutq sözladi

HWCVlm1WIAAELkz

TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev Anqara şahrida ötkazilgan turkiy dunyo muloqot forumi doirasida taşkil etilgan “Gaspirali izidan: turkiy dunyoda til, madaniyat va xotira” deb nomlangan panel yiğilişining oçiliş nutqini sözladi. Sulton Rayev Ismoil Gaspirali ma’naviy merosidan kelib çiqqan holda, turkiy dunyoda muştarak til, madaniy xotira va raqamli asrda hamkorlik masalalarining naqadar muhimligiga alohida e’tibor qaratdi.

Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammiti doirasida 2026-yilning 30–31-oktabr kunlari Anqara şahrida “Fikrdan muloqot sari”şiori ostida taşkil etilgan turkiy dunyo muloqot forumi siyosat, diplomatiya, ilm-fan, ommaviy axborot vositalari va madaniyat sohalari vakillarini bir joyga jamladi.

Forum doirasida taşkil etilgan “Gaspirali izidan: turkiy dunyoda til, madaniyat va xotira” mavzusidagi panel yiğilişining oçiliş nutqini sözlagan TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev turkiy dunyoning muştarak sivilizatsiya merosini asrab-avyayotgan holda kelgusi avlodlarga yetkazişda madaniyat, san’at va texnologiyaning tutgan örniga töxtalib ötdi.

“Gaspirali ğoyasini bugungi kun imkoniyatlari bilan davom ettirişimiz lozim”

Rayev Ismoil Gaspirali 1883-yilda Boğçasaroyda naşr etişni boşlagan “Tarjimon” (“Tercüman”) gazetasi turli hududlardagi turkiy jamiyatlar örtasida fikriy va ma’naviy köprik vazifasini ötaganini ta’kidladi. Shuningdek, Gaspirali ilgari surgan “Tilda, fikrda, işda birlik” tamoyili bugungi kunda ham turkiy dunyoning qöşma taşabbuslariga yönaliş berib kelayotganini bildirdi.

 Turkiy dunyoda muştarak alifbo, til öqitiş, terminologiya va naşriyot sohalaridagi işlarning ahamiyatiga töxtalib ötgan Rayev mazkur sa’y-harakatlar yanada kengroq madaniy yaqinlaşuvga xizmat qilişi zarurligini alohida uqtirdi.

Madaniyat va san’atning bu jarayondagi ta’sir kuçiga ham töxtalib ötgan Sulton Rayev: “Ba’zida bitta san’at asari yillar davomida olib borilgan rasmiy sa’y-harakatlar yetib bora olmagan millionlab insonlarning qalbiga yöl topa oladi”,  deya kino, musiqa va adabiyotning turkiy dunyodagi madaniy riştalarni mustahkamlaşdagi beqiyos rolini e’tirof etdi.

TURKSOY ötgan öttiz yildan ortiq vaqt mobaynida amalga oşirib kelayotgan faoliyatning tub zamirida ham aynan mana şu ezgu yondaşuv yotganini qayd etgan Rayev, taşkilotning eng ulkan kuçi muştarak madaniyatga bölgan çeksiz muhabbat hamda turkiy dunyo xalqlari örtasidagi ma’naviy qardoşlik riştalari ekanini bildirdi.

“Sun’iy intellektga öz qadriyatlarimiz asosida yönaliş bera olişimiz lozim”

Nutqining asosiy qismini raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt mavzusiga bağişlagan Sulton Rayev zamonaviy texnologik taraqqiyot turkiy dunyoning boy madaniy merosini asrab-avaylaş borasida ham yangi imkoniyatlar, ham ulkan mas’uliyatlarni yuzaga keltirayotganini bayon etdi.

Rayev nutqining davomida “Biz sun’iy intellekt tomonidan boşqariladigan emas, aksinça, sun’iy intellektga özimizning milliy qadriyatlarimiz va axloqiy mezonlarimiz asosida yönaliş bera oladigan xalq bölişimiz şart”, deya ta’kidladi. U til, adabiyot, musiqa, dostonlar va qadimiy an’analardan iborat sivilizatsiya xazinasini raqamli olamda töğri, mukammal hamda keng qamrovli tarzda namoyiş etiş zarurligiga urğu berdi.

Raev raqamli muhitda yetarliça namoyon etilmagan madaniyatlar kelgusidagi axborot tizimlarida çetda qoliş yoki notöğri talqin qiliniş xavfiga duç kelişi mumkinligini ta’kidlab, muştarak raqamli arxivlar, madaniy meros platformalari, til texnologiyalari hamda ta’lim dasturlarini rivojlantiriş muhimligini qayd etdi.

“Asrimizning “Tarjimon”i(Tercüman”) raqamli olamda qayta tiklanişi kerak”

Nutqining yakunida Ismoil Gaspirali öz davrining aloqa va axborot imkoniyatlaridan turkiy dunyoning muştarak kelajagi yölida unumli foydalanganini eslatib ötgan Sulton Rayev bugungi kunda ham aynan şunday qat’iy iroda zamonaviy texnologik yutuqlar asosida namoyon etilişi zarurligini ta’kidlab, jumladan shunday dedi: “Gaspirali asos solgan “Tarjimon” gazetasi öz zamonida keng geografik hududlar va xalqlar örtasida mustahkam köprik vazifasini ötadi. Bizning davrimizning “Tarjimon”i esa raqamli olamda quriladigan muştarak axborot, til va madaniyat köpriklari bölişi kerak”.

Turkiy dunyo mustaqil davlatlari, umumiy taşkilotlari, universitetlari, olimlari va ijodkorlari bilan ulkan salohiyatga ega ekanini ta’kidlagan Rayev ötmişning buyuk sivilizatsiya merosidan kuç olgan holda kelajakning muştarak bunyodkorlik işlarini amalga oşiriş zarurligini qayd etgan holda nutqiga yakun yasadi.

Media galereyasi

(2)

Bizni kuzatib boring

Twitter / XYouTubeFacebookLinkedInInstagram
Biz bilan bog‘laning

Manzilimiz
Ferit Recai Ertuğrul Caddesi No: 8
Or-An ANKARA/TÜRKİYE

Telefon va Faks raqamimiz
T: +90 (312) 491 01 00 (pbx)
F: +90 (312) 491 01 11

E-mail manzilimiz
turksoy@turksoy.org

© 2026 TÜRKSOY — Barcha huquqlar himoyalangan