TÜRKSOY
26 Oktabr 20261 daqiqalik o'qish

Turkiy dunyoning ulug‘ siymolari Lakitelekda yod etildi

WhatsApp Image 2026-10-25 at 13.15.13 (2)

Qirg‘iz madaniyati kuni munosabati bilan Lakitelek shahrida bo‘lib turgan TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev boshchiligidagi delegatsiya 2026-yil 24-oktabr kuni “Hungarikum Liget” majmuasidagi turkiy dunyoning buyuk siymolari haykallarini ziyorat qilib, ularning poyiga gullar qo‘ydilar.

Vengerlarga qardosh xalqlar panteonida tashkil etilgan ushbu ziyoratda Lakitelek jamg‘armasi vasiylik kengashi raisi Sándor Lezsák, Vengriya parlamenti deputati Molnárné Dr. Lezsák Anna, Qirg‘iz milliy Manas teatri direktori Nurbek Talantbekov va qirg‘izistonlik san’atkorlar, turk davlatlarining Vengriyadagi elchixonalari vakillari hamda dasturga tashrif buyurgan nufuzli mehmonlar ishtirok etdilar.

Delegatsiya a’zolari Nizomiy Ganjaviy, Abay Qo‘nanboyev, Sayakbay Qoralayev, Alisher Navoiy, Yunus Emro va Mahtumquli Firog‘iyning haykallari poyiga gulchambarlar qo‘yib, hurmat bajo keltirdilar. Turkiy dunyoning adabiyot, tafakkur va madaniyat tarixiga tamal toshini qo‘ygan buyuk mutafakkirlarning aziz xotirasi ehtirom bilan yod etildi.

Qirg‘iz san’atkorlari ishtirokida o‘tgan ziyorat chog‘ida “Manas” dostonini asrab-avaylash va avloddan-avlodga yetkazishda beqiyos o‘rin tutgan buyuk manaschi Sayakbay Qoralayevning boy ma’naviy merosi yodga olindi. Mazkur ziyorat Qirg‘iz madaniyati kunining mushtarak madaniy xotirani tirik saqlash hamda kelgusi avlodlarga yetkazishdek ezgu g‘oyasini munosib tarzda to‘ldirdi.

 

 

 

 

 

Media galereyasi

(4)

Bizni kuzatib boring

Twitter / XYouTubeFacebookLinkedInInstagram
Biz bilan bog‘laning

Manzilimiz
Ferit Recai Ertuğrul Caddesi No: 8
Or-An ANKARA/TÜRKİYE

Telefon va Faks raqamimiz
T: +90 (312) 491 01 00 (pbx)
F: +90 (312) 491 01 11

E-mail manzilimiz
turksoy@turksoy.org

© 2026 TÜRKSOY — Barcha huquqlar himoyalangan