Turkiy dunyo san’at universitetlari uyuşmasining VI davriy yiğilişi Anqarada bölib ötdi
Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti — TURKSOY taşabbusi bilan taşkil etilgan Turkiy dunyo san’at universitetlari uyuşmasining VI davriy yiğilişi 2026-yil 16-noyabr kuni Anqara musiqa va tasviriy san’at universiteti mezbonligida ötkazildi. Yiğilişda universitetlar örtasidagi hamkorlik, yangi a’zoliklar, qöşma san’at loyihalari hamda 2027-yilga möljallangan işlar muhokama qilindi.
Anqara musiqa va tasviriy san’at universiteti rektori hamda uyuşmaning amaldagi raisi, Gulçin Yahyo Kaçar raisligida ötgan yiğilişda Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev, universitet rektorlari, olimlar hamda turkiy dunyo san’at ta’limi muassasalari vakillari iştirok etdilar.
Turkiya, Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston va Şimoliy Kipr Turk Respublikasi vakillarini birlaştirgan yiğilişda uyuşmaning institutsional tuzilmasini mustahkamlaş, yangi a’zolarni qabul qiliş, talaba va professor-öqituvçilar almaşinuvi dasturlari hamda qöşma san’at loyihalari körib çiqildi.
Vazir Mehmet Nuri Ersoy: Madaniy riştalarimizni mustahkam saqlaş eng muhim vazifamizdir
Yiğilişda sözga çiqqan madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy turkiy dunyoning muştarak sivilizatsiya merosiga e’tibor qaratib, mamlakatlar örtasidagi hamkorlikni madaniyat va san’at sohalarida ham yanada kuçaytiriş zarurligini ta’kidladi. Iqtisodiy hamkorlik, mudofaa sohasidagi tajriba almashish muhimligiga töxtalgan Ersoy, jumladan, shunday dedi: “Mamlakatlarimiz örtasida iqtisodiy hamkorlik, mudofaa sohasida kuçli hamkorlik faoliyatlarimiz, albatta katta ahamiyatga ega. Biroq madaniy aloqalarimizni doimo jonli va mustahkam saqlaş ham eng asosiy vazifamizdir”.
San’at universitetlari muştarak madaniy merosni asrab-avaylaşda ulkan mas’uliyatni zimmasiga olganini qayd etgan Ersoy: “San’at universitetlarimiz madaniy xotiramizning davomiyligini saqlab kelmoqda. Xalqlarning mustahkam ildizlarga ega bölişi kelajakka yanada katta umid bilan qaraşiga xizmat qiladi”, deya ta’kidladi.
Uyuşma doirasida amalga oşirilişi rejalaştirilgan Xalqaro turkiy dunyo musiqa festivaliga töxtalgan Ersoy Yevropa va AQŞda ötkazilişi közda tutilgan konsertlar, konferensiyalar turkiy dunyo musiqa merosini xalqaro miqyosda tarğib qilişga munosib hissa qöşişini bildirdi.
Sulton Rayev: Universitetlarimiz örtasida oltin köprik qurişni istaymiz
TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev 2023-yilda beşta oliy ta’lim muassasasining muştarak irodasi bilan taşkil etilgan mazkur uyuşma turkiy dunyodagi san’at universitetlarini birlaştiruvçi muhim hamkorlik maydoniga aylanganini ta’kidladi.
Uyuşmaning kelgusi faoliyatida amaliy loyihalarga ustuvor ahamiyat beriş zarurligini qayd etgan Rayev umumiy musiqa merosini asraş, san’at ta’limini rivojlantiriş va yoş san’atkorlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida beşta taklifni ilgari surdi. Shuningdek, Rayev qöşma darslar va talabalar almaşinuvi dasturlarini rivojlantiriş lozimligini hamda Anqara musiqa va tasviriy san’at universiteti qoşida a’zo davlatlar kömagida Turkiy dunyo musiqa çolğulari muzeyini taşkil etişni taklif qildi. U muzey muştarak musiqa merosini asraş bilan birga ilmiy tadqiqotlar va san’at ta’limiga xizmat qilişini ta’kidladi.
Qozoğistonning Turkiston şahrida ötkazilayotgan Turkiy dunyo talabalar teatrlari festivalini uyuşma şafeligiga olib, a’zo universitetlar örtasida navbatma-navbat taşkil etişni ham taklif qilgan Rayev TURKSOY qoşida tuzilgan kamer orkestrning turkiy dunyo mamlakatlari böylab konsert safariga çiqişi hamda universitetlarning TURKSOY xalqaro san’at tadbirlarida yanada faol iştirok etişi masalalarini kun tartibiga qöydi.
Yoşlarning muştarak madaniyat va san’at merosini kelajak avlodlarga yetkazişdagi örniga töxtalgan Rayev: “Kelajak avlodlarga madaniyatimiz va san’atimizni yetkaziş, uni asrab-avaylaş biz uçun nihoyatda muhim. Yoşlar — turkiy dunyoning kelajagidir. Agar “XXI asr — turkiy dunyo asri” bölişini istayotgan bölsak, har doim kömak berişimiz şart”, deya ta’kidladi.
Kaçar: Uyuşmamiz jahon miqyosida ovoza bölişini maqsad qilganmiz
Anqara musiqa va tasviriy san’at universiteti rektori hamda Uyuşmaning amaldagi raisi, Gulçin Yahyo Kaçar uyuşmaning institutsional tuzilmasini mustahkamlaş va qöşma loyihalarni amaliyotga tatbiq etişni maqsad qilganliklarini bildirdi.
Kaçar: “Endi Turkiy dunyo san’at universitetlari uyuşmasi jahon miqyosida aks-sado beradigan mavqega ega bölişi kerak. Şu bois uşbu yiğilişdagi kun tartibi masalalari nihoyatda muhimdir”, dedi.
2027-yilga möljallangan faoliyat va rejalarga ham töxtalgan Kaçar Anqara musiqa va tasviriy san’at universiteti taşabbusi bilan 19-may — Otaturkni xotirlaş, yoşlar va sport bayrami doirasida Turkiy dunyo yoş iste’dodlari festivalini, sentabr oyida esa Turkiy dunyo san’atlari simpoziumi va festivalini ötkaziş rejalaştirilayotganini ma’lum qildi.
Uyuşmaga uçta yangi universitet qöşildi
Yiğilişda uyuşmaga yangi a’zolarni qabul qiliş masalasi ham körib çiqildi. Rektor Kaçar bergan ma’lumotga köra, Ozarbayjondan Uzeyir Hojibeyli nomidagi Boku musiqa akademiyasi hamda Qozoğistondan Qurmanğazi nomidagi Qozoq milliy konservatoriyasi va Kulaş Bayseitova nomidagi Qozoq milliy san’at universiteti uyuşma safiga qöşildi.
Şuningdek, yiğilişda uyuşmaning ta’sis, faoliyat yuritiş va hamkorlik töğrisidagi şartnomasini yangilaş hamda universitetlar örtasidagi qöşma loyihalarni yanada tizimli olib boriş masalalari baholandi. Uyuşma raisi örinbosari va Yunus Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa san’ati instituti rektori Eldor Şermanov ham 2027-yil uçun yangi loyihalar tayyorlanayotganini qayd etib, talaba va professor-öqituvçilar örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, uyuşmaning maxsus faxriy nişonini ta’sis etiş hamda qöşma musiqa festivalini ötkazişni maqsad qilganliklarini bildirdi.
Dastur doirasida Anqara musiqa va tasviriy san’at universiteti orkestri tomonidan Onadöli, Bolqon va turkiy dunyoning turli hududlariga oid musiqa asarlari ijro etilgan konsert bölib ötdi.
Turkiy dunyo san’at universitetlari uyuşmasining VI davriy yiğilişi kelajakda amalga oşiriladigan qöşma işlarni sarhisob qiliş bilan öz yakuniga yetdi.