İstanbul şahrida “Qörqut ota” VI Turkiy dunyo film festivali boşlandi
Turkiy dunyoning muştarak madaniy merosini kinoning umuminsoniy tili bilan uyğunlaştirgan “Qörqut ota” VI Turkiy dunyo film festivali Istanbul şahrida öz işini boşladi. Festivalning oçiliş marosimi TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev, Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri örinbosari Gökhan Yazgi hamda kinematografiya boş boşqarmasi boş direktori Birol Guven iştirokida bölib ötdi.
Oçiliş marosimidagi nutqida TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev kinoning umumiy madaniy xotirani asrab-avaylaşdagi beqiyos örniga töxtalib, turkiy dunyo kinosida hamkorlikda filmlar suratga oliş hamda xalqaro özaro munosabatlarni rivojlantiriş muhimligini ta’kidladi. Şuningdek, Boş kotib Sulton Rayev TURKSOY tomonidan 2028-yil “Çingiz Aytmatov yili” deb e’lon qilinişi haqidagi xuşxabarni ham jamoatçilikka yetkazdi.
Turkiy dunyoning turli hududlaridan kino ijodkorlari, rejissyorlar, prodyuserlar va soha vakillari iştirok etgan festival qirğizistonlik rejissyor Qanibek Qalmatov tomonidan suratga olingan, uluğ yozuvçi Çingiz Aytmatov hayotiga bağişlangan “Aytmatov” filmining Turkiya premyerasi bilan oçildi.
“Kino — muştarak kelajagimizni şakllantiruvçi qudratli madaniyat köprigidir”
Festivalning oçilişida nutq sözlagan TURKSOY Boş kotibi Sulton Rayev “Qörqut ota” VI Turkiy dunyo film festivali turkiy dunyoning madaniy hamkorligiga salmoqli hissa qöşayotganini ta’kidlab, uşbu festival ğoyasining taşabbuskori va mezboni bölgan Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligiga hamda taşkiliy işlarda mehnat qilgan barçaga öz minnatdorligini bildirdi. Turkiy dunyo kinosida yangi hamkorlik davriga ehtiyoj borligini ta’kidlagan Boş kotib Sulton Rayev festival şunçaki filmlar namoyişi bilan çeklanib qolmasligi zarurligini bildirdi.
Nutqini davom ettirib, jumladan şunday dedi: “Endilikda maqsadimiz faqat filmlarimizni bir-birimizga körsatiş emas, balki hamkorlikda filmlar suratga oliş, yoş kinoijodkorlarimizni uçraştiriş va tariximizga oid hşioyalarimizni jahon kinosida yanada keng namoyon qilişdir”.
Turkiyada işlab çiqarilayotgan serial va filmlarning xalqaro maydondagi muvaffaqiyati turkiy dunyo uçun muhim tajriba maktabi bölişini körsatib ötgan Rayev, bu tajribaning qardoş turkiy davlatlar örtasida örganilişi hamda yoş kinoçilarga yetkazilişi yangi muvaffaqiyatlarga yöl oçişini ta’kidladi.
Festival doirasida sun’iy intellekt va yangi texnologiyalarning kino kelajagiga körsatadigan ta’siri muhokama qilinişiga ham töxtalgan Rayev, texnologik taraqqiyotga qaramay, kinoning markazida har doim inson va uning taqdiri turişini alohida qayd etdi.
2028-yil “Çingiz Aytmatov yili” böladi
Festivalning Çingiz Aytmatov hayotiga bağişlangan film bilan oçilişi alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan Sulton Rayev uluğ adib nafaqat Qirğizistonning, balki butun turkiy dunyoning muştarak madaniy qadriyati ekanini bildirdi.
“Oq kema” va “Asrga tatigulik kun” kabi asarlari bilan inson vijdoni, xotirasi va tarixiy ildizlari bilan boğliqlik riştalarini umuminsoniy qissaga aylantirgan Aytmatovning adabiy merosini kelgusi avlodlarga yetkaziş umumiy mas’uliyat ekanini ta’kidlagan Rayev muhim xuşxabarni aytib, jumladan şunday dedi: “Uşbu uluğ merosni kelajak avlodlarga yetkaziş barçamizning burçimizdir. Fursatdan foydalanib, TURKSOY taşkiloti ölaroq buyuk yozuvçimiz tavalludining 100 yilligi munosabati bilan 2028-yilni “Çingiz Aytmatov yili” deb e’lon qilişimiz haqidagi mujdani bu yerdan turib yetkazmoqçiman.”
56 ta film, 30 ta tanlov iştirokçisi va xalqaro kino uçraşuvlari
2026-yilning 3–7-noyabr kunlari bölib ötadigan festival doirasida turkiy dunyoning turli davlatlaridan nomzod körsatilgan 56 ta film muxlislar e’tiboriga havola etiladi. Töla metrajli badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlar nominatsiyalarida jami öttizta asar mukofotlar uçun bellaşdi.
Dastur doirasida turkiy dunyo kino sammiti, xalqaro hamkorlikda filmlar suratga oliş böyiça muzokaralar, yangi kino loyihalarini qöllab-quvvatlaş dasturlari hamda kinoda sun’iy intellektning kelajagi muhokama qilinadigan panel yiğilişlari ötkaziladi. 150 dan ortiq xalqaro mehmonlar bilan bir qatorda Turkiyadan 300 ga yaqin soha mutaxassislari iştiroki közda tutilgan uşbu festival turkiy dunyo kinosining rivojlanişi hamda hamkorlik salohiyatini oşirişga munosib hissa qöşadi.
Rayev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon Turkiy Davlatlar Taşkilotining 13-sammitidagi nutqini Dada Qörqut duosi bilan yakunlaganini esladi va aynan öşa duoni keltirib ötdi:
“Qora toğlaring yiqilmasin, soyali uluğ daraxting kesilmasin, toşqin oqar gözal suvlaring qurimasin... Qodir Parvardigor seni nomardga muhtoj qilmasin.”
Turkiy dunyo kinosining xalqaro maydondagi nufuzini oşiriş, yangi hamkorlikdagi loyihalarni rağbatlantiriş hamda san’atkorlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşni maqsad qilgan “Qörqut ota” VI Turkiy dunyo film festivali 2026-yilning 7-noyabr kuni Istanbul Otaturk madaniyat markazida bölib ötadigan tantanali mukofotlaş marosimi bilan öz işini yakunlaydi.