― 30 октября 2024 г.
Yoqub O'merog'lu TURKSOYda yodga olindi
Yevroosiyo Yozuvchilar uyushmasi asoschisi, Dr. Yoqub O'merog'lu TURKSOYda Turk dunyosi sevuvchilar tomonidan yodga olindi. Turksoy Bosh kotibiyati majlislar zalida o'tkazilgan xotira marosimiga Bosh kotib Sulton Raev, Yevroosiyo Yozuvchilar uyushmasi prezidenti Ufuk Tuzman, Ali Akbaş, O'mer Kayir va mehmonlar ishtirok etdi.
Xotira yig’ilishida so’zga chiqqan, va so’zini “Aziz do’stim va hamkasbim Yoqub” deb boshlagan Bosh kotib Sulton Raev O’merog’lu bilan yigirma yildan beri davom etgan do’stligi haqida gapirdi. Yoqub O’merog’luning mushtarak Turk dunyosi madaniyati yo’lidagi sa’y-harakatlarini eslatgan Raev, “Uning sa’y-harakatlari o’z samarasini berdi va bugungi kunda Yoqub O’merog’luning shaxsiy sa’y-harakatlari bilan mushtarak Turk dunyosi adabiyotidan besh yuzdan ortiq asar turk tiliga o’girilib, turk kitobxonlariga tanishtirildi” - dedi .
O’merog’lining sa’y-harakati bilan o’z asarlarining ham turk tiliga tarjima qilinganini va Bengü nashrlari tomonidan chop etilganini eslatgan Raev, do’stini yo’qotish naqadar og’ir ekanini va Turk dunyosi fidoi va ko’ngilli yigitini, alp o’g’lonini yo’qotganini bildirdi.
Men uni hech qachon o'z karerasi uchun ishlaganini ko'rmaganman
Raev hayajonli nutqini davom ettirdi va “Yoqup qadrdonim bu dunyodan ketayotganda, o‘z ta’biri bilan aytganda, Turk dunyosining har bir burchagida doimo yaxshilikni, go‘zallikni, o‘zini sevgan do‘stlarini to‘pladi. Bugun Yoqub O’merog’luni TURKSOY tomi ostida nafaqat Turkiyada, balki Turk dunyosining har bir burchagida tanigan va sevilgan inson sifatida yodga olamiz.
O'lim Xudoning amridir.
Yoqub birodarim go‘zal axloqi bilan Xudoning huzuriga bordi.
Uning mushtarak Turk dunyosi madaniyati uchun qilgan doimiy mehnati uzoq yillar o‘tib ham yodga olinadi va aziz do’stim Yoqub qilgan xayrli ishlari bilan doimo qalbimizda yashaydi.
Yoqub O'merog'luning xotirasi, fikrlari va asarlari doimo biz bilan bo'ladi. Mening aziz do'stim, mening hamkorim! Joningiz tinch bo‘lsin” degan so‘zlar bilan yakunladi. Xotira yig’ilishida so’zga chiqqan Yevroosiyo Yozuvchilar ittifoqi rahbari Ufuk Tuzman, Shoir Ali Akbaş va O’mer Kayir ham Yoqub O’merog’lu haqidagi xotiralarini aytib, zalda hayajonli lahzalar yaratdi.
Dastur xotira yig'ilishi va O'merog'lining rafiqasi Havva O'merog'luning minnatdorchilik so'zi va ommaviy suratga tushish bilan yakunlandi.