― 31 октября 2024 г.
Yevropa Millatlar Federal Ittifoqi (FUEN) a’zolari TURKSOYga tashrif buyurdi
FUEN Turk oz sonli jamiyatlari ishchi guruhi (tag) raisi Halit Habibo’g’lu va hamrohligidagi delegatsiya TURKSOYga tashrif buyurdi. TURKSOY Bosh kotibi Sulton Raev va Bosh kotib oʻrinbosari Sayit Yusuf mezbonlik qilgan tashrif davomida FUEN delegatsiyasiga TURKSOY faoliyati haqida maʼlumot berildi.
Tashrif munosabati bilan o'tkazilgan yig'ilishda so'zga chiqqan Bosh kotib Sulton Raev, bosh kotiblik davrida tashkil etilgan Turk tili jamiyatlari bilan aloqalar bo'limi orqali xorijdagi turklarning madaniy boyliklarini himoya qilish uchun harakat qilganliklarini ta'kidladi. Umum Turk Dunyosining moddiy va nomoddiy madaniy merosini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan bu bo'limning ishini muhim ekanligini aytdi.
Yig’ilishda so’zga chiqqan TURKSOY Bosh kotibi Sayit Yusuf til sohasida olib boriladigan izlanishlarga alohida ahamiyat berishlarini bildirib, xorijda yashayotgan vatandoshlarimiz o’z tillarini himoya qilishlari va ulardan foydalanishlarini istashlarini bildirdi. Sayit Yusuf, TURKSOYning dunyodagi barcha turklarning mushtarak tomi ekanligini ta’kidlab, so’zini davom ettirdi va Turk dunyosi madaniyati va sivilizatsiyasining yuragi TURKSOYda “Tilda, ishda va fikrda birlik” shiori bilan urayotganini ta’kidladi.
FUEN Turk oz sonli jamiyatlari ishchi guruhi Halit Habibo’g’li FUEN haqida ma’lumot bergan yig’ilishda TURKSOY bilan manfaatdor tomon sifatida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan ishlar haqida fikr almashildi. FUEN, mintaqaviy, milliy va ayniqsa Yevropa darajasida Yevropa oz sonli millatlar manfaatlarini ifodalash orqali oʻzaro yordamga asoslangan hamjamiyat Yevropadagi mahalliy milliy oz sonli millatlar va til jamoalarining eng yirik soyabon ittifoqidir. FUENga har xil 38 davlatdan 100 ta aʼzo tashkilot mavjud.
Uchrashuv jamoaviy suratga tushish bilan yakunlandi.