WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.14 (2)
5 августа 2026 г.

TURKSOY Bosh kotibiyatida Turkiy dunyo san’atkorlariga yuksak ehtirom ko‘rsatildi

5 августа 2026 г.

TURKSOY Bosh kotibiyatida Turkiy dunyo san’atkorlariga yuksak ehtirom ko‘rsatildi

Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti (TURKSOY) Karaman va Kechio‘ren hokimliklari hamkorligida tashkil etilgan Turkiy dunyo sayillari doirasida Turkiyada bo‘lib turgan turkiy dunyoning turli go‘shalaridan kelgan san’atkor va madaniyat hay’atlarini Anqaradagi Bosh kotibiyat binosida samimiy kutib oldi.

Karamanda 27-iyul – 3-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan "VIII Xalqaro turkiy dunyo festivali" hamda Anqarada 3–8-avgust kunlari o‘tkaziladigan "III Xalqaro turkiy dunyo festivali" munosabati bilan Turkiyada bo‘lib turgan Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Shimoliy Kipr TUrk Respublikasi, Kabarda–Bolqoriya  va TURKSOY vakillari hamda san’atkorlari qabul qilindi.

Umumiy madaniyatimizni birlashtirish - tilimizni yashatish demaktir

Dasturning ochilishida so‘zga chiqqan TURKSOY Bosh kotibi o‘rinbosari Sayit Yusuf turkiy dunyoning umumiy madaniyat va san’at g‘oyasi ostida birlashishning tarixiy va madaniy ahamiyatiga e’tiborni qaratdi.

Sayit Yusuf o‘z nutqida turkiy dunyoni yaqinlashtiradigan eng kuchli rishta teran til va madaniyat merosi ekanini ta’kidlab, quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Turkiy dunyo o‘laroq umumiy madaniyat g‘oyasi ostida birlashishning eng asosiy va tabiiy yo‘llaridan biri—ildizlari bir bo‘lgan mushtarak til va shevalarimizdan faol foydalanish, o‘zaro muloqot kanallarini san’at va madaniy aloqalar orqali barhayot qilishdir. TURKSOY o‘laroq tayyorlagan madaniy dastur va loyihalarimiz bilan boy merosimizni asrab-avaylash, rivojlantirish va ertangi kunga bezavol yetkazish yo‘lida bugun bo‘lgani kabi kelajakda ham xuddi shunday hayajon, samimiyat va g‘ayrat bilan xizmat qilishni davom ettiramiz. Bu kabi festival hamda san’at uchrashuvlari qardoshlik rishtalarimizni yanada mustahkamlab, san’atkorlarimizning mushtarak qadriyatlarimizni birgalikda yashatishlari uchun juda mustahkam bir zamin yaratmoqda.”

Taniqli shaxslarga maqtov yorliqlari topshirildi

Nutqdan so‘ng festival jarayonlarida faol ishtirok etgan hamda hissa qo‘shgan hay’at vakillari va san’atkorlarga maqtov yorliqlari topshirildi. TURKSOY Bosh kotibi o‘rinbosari Sayit Yusuf tomonidan topshirilgan yorliqlarni Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Madaniyat boshqarmasi mudiri Ayshe Guler Akin hamda Jeyhan O‘zyıldız, Qirg‘iziston hay’ati nomidan Saikal Asanalieva va Oksana Lobova, O‘zbekiston hay’ati nomidan Marxaboxon Sattarova hamda Kabarda–Bolqoriya hay’ati nomidan Karina Lampezheva qabul qilib oldilar. Dastur barcha hay’atlar va san’atkorlarning TURKSOY Bosh kotibiyatidagi esdalik suratga tushishi bilan yakun topdi.

Maqtov yorlig‘i olgan san’atkor va vakillar ro‘yxati:

QIRG‘IZISTON: 

Oksana Lobova

Saikal Asanalieva

Alinur Asanaliev

Keremet Zholdoshbekov

Dilnaz Bakytov

Aliia Akylbekova

Aijamal Tursunbekova

Aiym Mavlianova

Medina Esenturova

Aibiike Melisova

Nursaida Omukeeva

Aliia Bekbosunova

O‘ZBEKISTON:

Marxaboxon Sattarova

Shohistaxon Xolmatova

Dostonbek Parmonov

Rejavali Usmonaliyev

Muzaffarjon Mirzayev

Muhammadaziz Vahobov

Abdumannob Ismoilov

Marjonabonu Botirova

Maftunaxon Mahmudova

Shodiyaxon Abdullayeva

Rayyona Abdullayeva

SHIMOLIY KIPR TURK RESPUBLIKASI:

Ayshe Guler Akin

Jeyhan O‘zyildiz

Shefkat Sag‘lamer

Anil Saydam

Mustafa Basriog‘lu

Erol Evginel

Yigit Yorganji

Hayal Sherife Yardımsevenler

Ruya Semra Yardımsevenler

KABARDA-BOLQORIYA:

Alibek Dzhasheev

Saida Bakova

Karina Lampezheva

Amir Lampezhev

Eldar Lampezhev

Temirlan Mashukov

Alikhan Kokov

Samir Vakhidov

Zalina Nyrova

Darina Kanametova

Disana Shebzukhova

Samira Ikhakakhova

TURKSOY SAN’ATKORLARI:

Aiymgul Bissembayeva

Malika Aldamzharova

Ali Arda Kader

Nasrin Elyasi

Noushin Elyasi

 

 

Media galereyasi

DSC_8331
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.19
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.14
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.13
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.14 (1)
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.13 (2)
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.13 (3)
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.13 (1)
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.12
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.12 (4)
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.12 (3)
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.12 (2)
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.12 (1)
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.11
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.11 (3)
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.11 (1)
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.11 (2)
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.10 (3)
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.10
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.10 (2)
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.10 (1)
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.09 (1)
WhatsApp Image 2026-08-05 at 14.33.09

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan