WhatsApp Image 2025-04-11 at 19.26.15
11 апреля 2025 г.

TÜRKSOYda “Madaniy meros izidan”: Rıspay Abdıkadırov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

11 апреля 2025 г.

TÜRKSOYda “Madaniy meros izidan”: Rıspay Abdıkadırov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

 

Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti – TÜRKSOY Qirg‘iz musiqasining asoschilaridan biri, bastakor va san’atkor Rıspay Abdıkadırov xotirasiga bag‘ishlangan maxsus tadbirni Anqarada o‘tkazdi. TÜRKSOYning Orondagi Bosh kotibiyatida bo‘lib o‘tgan ushbu samimiy uchrashuvda esdalik so‘zlari, musiqiy chiqishlar va madaniy mulohazalar ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.

 

Tadbirning ochilishida so‘zga chiqqan TÜRKSOY Bosh kotibi o‘rinbosari Sayit Yusuf yoshlar va madaniyat ixlosmandlarining zalda faol ishtirok etayotganidan mamnunligini bildirar ekan, bu holat Turk dunyosining yorqin kelajagidan darak berishini ta’kidladi. U TÜRKSOYni faqat bir tashkilot emas, balki o‘tmish bilan kelajakni bog‘lovchi madaniy ko‘prik sifatida ta’riflab, ayniqsa, yoshlarning bu jarayonda faol bo‘lishi muhimligini urg‘uladi.

 

Sayit Yusuf Rıspay Abdıkadırovni nafaqat Qirg‘iziston, balki butun Turk dunyosining umumiy boyligi sifatida e’tirof etib: “Biz Chingiz Aytmatovni faqat qirg‘iz xalqi emas, butun Turk dunyosining faxri deb bilamiz. Xuddi shuningdek, Rıspay Abdıkadırov ham bizning san’atkorimizdir”, dedi. U, shuningdek, Turk dunyosining turli hududlarida ijod qilgan olim va san’atkorlar Turkiyada yetarlicha tanilmayotganini aytib, bunday tadbirlar ushbu bo‘shliqni to‘ldirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

 

Nutqining yakunida Yusuf shunday dedi: “Rıspay Abdıkadırovni buyuk qilgan jihat — uning san’ati o‘z xalqidan, milliylikdan, madaniy ildizlardan uzilmagan holda yaratilganidir. Dunyoga mashhur bo‘lish mumkin, ammo agar bu mashhurlik xalqingizga foyda keltirmasa, u yetarli emas. Abdıkadırov esa chin ma’noda xalqiga xizmat qilgan san’atkordir.”

 

Tadbirda Qirg‘izistonning Anqaradagi elchixonasi madaniyat attashesi Ulan Maksatov so‘zga chiqib, TÜRKSOY tomonidan bu kabi tashabbuslarga berilayotgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirib, Rıspay Abdıkadırovni zamonaviy qirg‘iz san’atining ilk namoyandalaridan biri sifatida e’tirof etdi.

Shuningdek, Qirg‘izistonning TÜRKSOYdagi vakili Mar Topoyev tashkilotning Turk dunyosidagi barcha madaniy qadriyatlarga hurmat bilan yondashayotganini, Rıspay Abdıkadırov xotirasiga bag‘ishlangan ushbu tadbir esa ushbu yondashuvning yaqqol ifodasi ekanini bildirdi.

 

Tadbir davomida so‘z olgan akademik Gülüzira Cumakunova esa san’atkorning atigi 52 yoshida olamdan o‘tganini, biroq ortda juda boy madaniy meros qoldirganini ta’kidladi. U Abdıkadırov vafotidan atigi sakkiz kun o‘tib “Xalq artisti” unvoni bilan taqdirlanganini eslatib o‘tib, uning ijodi qirg‘iz xalqining ruhiy va estetik boyligini to‘liq aks ettirganini qayd etdi.

 

Tadbir doirasida rasm, she’r va qo‘shiq yo‘nalishlarida o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Dastur yakunida esdalik fotosuratlari bilan yakunlandi.

 

 

Media galereyasi

WhatsApp Image 2025-04-11 at 19.26.16 (1)
WhatsApp Image 2025-04-11 at 19.26.17
WhatsApp Image 2025-04-11 at 19.26.17 (2)
WhatsApp Image 2025-04-11 at 19.26.17 (1)
WhatsApp Image 2025-04-11 at 19.26.16
WhatsApp Image 2025-04-11 at 19.26.16 (2)
WhatsApp Image 2025-04-11 at 19.26.15 (2)
WhatsApp Image 2025-04-11 at 19.26.15 (1)
WhatsApp Image 2025-04-11 at 19.26.14

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan