― 20 апреля 2026 г.
TURKSOY va Balikesir universiteti o‘rtasida akademik hamkorlik bayonnomasi imzolandi
Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti –TURKSOY, Turkiy dunyoning akademik salohiyatini mushtarak loyihalar atrofida birlashtirish maqsadi doirasida Balikesir universiteti (BAUN) bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi. Ta’lim, madaniyat, san’at va ilmiy tadqiqot sohalarini qamrab oluvchi bayonnoma rasmiy marosim bilan kuchga kirdi.
Balikesir universiteti rektoratida bo‘lib o‘tgan marosimda hujjatlarni TURKSOY Bosh kotibi o‘rinbosari Sayit Yusuf va BAUN rektori, professor Yujel Og‘urlu imzoladilar.
Mazkur kelishuvga binoan, TURKSOY va Balikesir universiteti o‘zaro akademik tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etish hamda nashriyot faoliyatida kuchlarni birlashtirishga kelishib oldilar. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri – Yoruk-turkman madaniyati boshchiligida Turkiy dunyoga xos qadimiy qadriyatlarni asrab-avaylash va ushbu boy merosni xalqaro akademik maydonlarda yanada samarali targ‘ib qilishdan iboratdir.
Sayit Yusuf: Akademik hamkorlik biz uchun ustuvor vazifadir
İmzolash marosimida so‘zga chiqqan TURKSOY Bosh kotibi o‘rinbosari Sayit Yusuf tashkilotning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligiga berayotgan ahamiyatini alohida ta’kidladi:
"TURKSOY sifatida madaniy diplomatiyaning eng mustahkam ustunlaridan biri bo‘lgan akademik hamkorlik aloqalariga katta e’tibor qaratmoqdamiz. Balikesir universiteti bilan imzolagan ushbu bayonnomamiz mushtarak qadriyatlarimizni ilmiy asosda yuksaltirish yo‘lida ulkan salohiyatga ega. Ushbu qadam Turkiy dunyo uchun xayrli bo‘lishiga ishonaman".
Tadbir yakunida tomonlar o‘zaro esdalik sovg‘alari almashdilar va suratga tushdilar.