DSC_0307
21 марта 2025 г.

TÜRKSOY Navro‘z munosabati bilan Anqarada iftor dasturini tashkil etdi

21 марта 2025 г.

TÜRKSOY Navro‘z munosabati bilan Anqarada iftor dasturini tashkil etdi

TÜRKSOY tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan Anqara shahrining Gölbaşı tumanidagi Viloyat Uylarida iftorlik dasturi uyushtirildi. Tadbir Qur’on tilovati bilan boshlandi.

 

TÜRKSOY Bosh kotibi Sulton Raev mezbonligida o‘tgan ushbu kechada Turkiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, elchi A. Berris Ekinji, Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Serdar Chom, MHP Boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari va Samsun deputati Ilyas Topsakal, Moldova Respublikasining Anqaradagi elchisi Dmitriy Kroitor, SESRIC Bosh direktori Zehra Zümrüt Selçuk, UNESCO Turkiya milliy komissiyasi raisi prof. Dr. Öjal O‘g‘uz, Ahmat Jovad instituti raisi prof. Dr. Ruhi Ersoy va TÜRKSOY Bosh kotib o‘rinbosari Sayit Yusuf ishtirok etdi. Shuningdek, TÜRKSOY hamkorlik qilayotgan universitetlarning rektorlari, diplomatlar va mehmonlar ham dasturda qatnashdi.

 

Sulton Raev: “Ramazon – bu qalblar poklanadigan, inson o‘z nafsini anglaydigan davrdir”

 

Rasmiy chiqishlar chog‘ida so‘zga chiqqan Sulton Raev Ramazon oyini faqatgina ro‘za tutish oyi emas, balki insonning o‘z ruhiy olamiga qaytishi, sabr va shukrni o‘zida mujassamlashtirgan muqaddas davr sifatida ta’rifladi.

 

“Bu oy — jasadning ochligi orqali qalbning to‘kinligini his qiladigan, sabrni, rahm-shafqat va minnatdorchilikni o‘rgatuvchi muborak davrdir. Iftor dasturxoni esa bu ma’naviy sayohatning eng muhim manzillaridan biridir,” — dedi Raev.


“Navro‘z — turk madaniyatining yuragi”

 

Raev o‘z so‘zida yana bir quvonchli holatni ta’kidladi:

 

“Bugun — 21-mart, Xalqaro Navro‘z kuni. Navro‘z – tabiatning uyg‘onishi, hayotning yangilanishi, barakani boshlab beruvchi ayyomdir. Ramazon singari Navro‘z ham inson qalbida bir yangilanishni, ma’naviy tiriklanishni anglatadi. Bu bayram turk madaniyatining yuragi bo‘lib, birlik, birodarlik va ulashishning asrlar davomida saqlanib kelayotgan timsolidir. U bizlarga bir ildizdan chiqqanimizni, bir osmon ostida yashayotganimizni yana bir bor eslatadi.”

 

Ekinji: “Navro‘z — do‘stlik va birdamlik bayrami”

 

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari A. Berris Ekinji Navro‘z bayramining turk xalqlari uchun tabiatning yangilanishini, do‘stlik va tinchlikni ifoda etishini ta’kidladi. U bu bayramning Markaziy Osiyodan Anadolu, Bolqonlar va Yaqin Sharqqacha bo‘lgan keng mintaqada keng nishonlanishini eslatdi.

 

“Navro‘z – bu birdamlik va o‘zaro ko‘makning, murakkab davrlarda birgalikda harakat qilishning timsolidir. Bu qadimiy bayram orqali turkiy xalqlar o‘rtasidagi umumiy qadriyatlar mustahkamlanadi,” — dedi Ekinji.

U, shuningdek, quyidagilarni qo‘shimcha qildi:

 

“Joriy yilda muborak Ramazon oyiga to‘g‘ri kelgan Navro‘z va ana shu iftor dasturi orqali biz o‘zligimiz, madaniy merosimiz va birligimizni yana bir bor yodga oldik. TDT va TÜRKSOY kabi tashkilotlar orqali turk dunyosi o‘rtasidagi hamkorlik va birdamlik yanada mustahkamlanmoqda.”

 


Serdar Chom va Ilyas Topsakal: “Milliy bayramlar bizni yaqinlashtiradi”

 

Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Serdar Chom Ramazon va Navro‘zni birgalikda nishonlashdan mamnunligini izhor etdi va kelgusida ham bu muqaddas ayyomlarning barchaga sog‘liq, osoyishtalik va baraka olib kelishini tiladi.

 

MHP vakili Ilyas Topsakal esa Ramazonni jamiyatni uyg‘oq tutuvchi ma’naviy quvvat manbai deb atadi. U ro‘zaning insonni o‘zini anglashga undovchi ruhiy mashq ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Navro‘z ming yillik tarixga ega qadimiy urf-odat bo‘lib, milliy bayramlar turk dunyosining birlik va birdamligiga xizmat qilishini qayd etdi.

 

Bayramona kecha an’anaviy “tuxum urishtirish” bilan yakunlandi

 

Nutqlardan so‘ng Navro‘z bayramining qadimiy urf-odatlaridan biri — tuxum urishtirish marosimi katta qiziqish bilan o‘tkazildi. Mehmonlar o‘zaro iliq muhitda muloqot qilib, bayramona ruhni baham ko‘rishdi.



 

Media galereyasi

DSC_0307
DSC_0141
DSC_0180
DSC_0182
DSC_0210
DSC_0196
DSC_0240
DSC_0237
DSC_0238
DSC_0252
DSC_0244
DSC_0255
DSC_0257
DSC_0281
DSC_0260
DSC_0284
DSC_0277
DSC_0299
DSC_0300
DSC_0301

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan