Mahtumkulu Firaki Forumu Devlet Adamları TÜRKSOY kapak
11 октября 2024 г.

TURKSOY Bosh kotibi Sulton Raev Ashxobodda Mahtumkuli Firoqiy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Zamon va sivilizatsiyalar munosabati – tinchlik va taraqqiyot asosi” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi.

11 октября 2024 г.

TURKSOY Bosh kotibi Sulton Raev Ashxobodda Mahtumkuli Firoqiy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Zamon va sivilizatsiyalar munosabati – tinchlik va taraqqiyot asosi” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi.

Ko‘plab davlat rahbarlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etgan forumning ochilish nutqida so‘zl olgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammedov 2024-yil TURKSOY tomonidan Mahtumquli Firoqiy yili deb e’lon qilinganini eslatib, Anqarada Mahtumkuli Firoqiy mavzusida ko‘plab tadbirlar o‘tkazilganiga urg‘u berdi.


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Prezidenti Qosim Komer Tokoyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Pokiston İslom Respublikasi Prezidenti Osif Ali Zardoriy, Eron İslom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyan, Mo'g'uliston Prizidenti Uhnaagiyn Hurelsuh va ko'plab davlat arboblari ishtirok etgan forumda Turkiya Buyuk Millat Majlisi Raisi Numan Kurtulmush ishtirok etdi.
Forumda so‘zga chiqqan davlat arboblari Mahtumquli Firoqiy ijodi, ulug‘ shoirning bugungi kunimizga ta’siri haqida so‘z yuritdi. Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammedov forumda ishtirok etayotgan barcha davlat rahbarlarini Mahtumkulu yubiley medali bilan taqdirladi.


TURKSOY Bosh kotibi Sulton Raev ham ishtirok etgan forumda Raev boshqa tashkilotlar rahbarlari bilan davra suhbatida o‘z o‘rnini egalladi. TDT, UNESCO, MDH, OKB kabi ko'plab muassasa va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan forum, xalqaro platformalardan ko'plab vakil kuzatuvchilar va diplomatlar ishtirok etgani uchun Turk davlatlari o'rtasida madaniy diplomatiya faoliyati uchun imkoniyat sifatida ham ko'rib chiqildi.


Forumdan soʻng Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov tomonidan davlat rahbarlariga tushlik ziyofati berildi.

Media galereyasi

Serdar Berdimuhammedov TÜRKSOY Türkmenistan
Serdar Berdimuhammedov TÜRKSOY
Valdimir Putin TÜRKSOY
Sadır Caparov TÜRKSOY
Mahtumkulu Firaki Forumu TÜRKSOY Teşkilat Başkanları
WhatsApp Image 2024-10-11 at 14.00.14
WhatsApp Image 2024-10-11 at 14.00.14 (1)
WhatsApp Image 2024-10-11 at 13.59.28
Mahtumkulu Firaki Forumu Devlet Adamları TÜRKSOY
Mahtumkulu Firaki Forumu Türkmenistan TÜRKSOY
Mahtumkulu Firaki Forumu TÜRKSOY bb
Serdar Berdimuhammedov TÜRKSOY
Mahtumkulu Firaki Forumu TÜRKSOY

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan