IMG_1122.JPG-2
27 мая 2026 г.

TURKSOY Bosh kotibi Sultan Rayevning Qurbon hayiti tabrigi

27 мая 2026 г.

TURKSOY Bosh kotibi Sultan Rayevning Qurbon hayiti tabrigi

Birlik, birdamlik va beg‘araz ulashish tuyg‘ulari eng yuksak maqomga erishadigan muborak kunlarimizdan biri – Qurbon hayitiga yana bir bor eson-omon yetib kelganimizdan cheksiz baxtiyorlik va xotirjamlik his etmoqdamiz.

Bayramlar – asrlar davomida ayni e’tiqod, ayni madaniyat va ayni tarixni baham ko‘rib kelayotgan qardosh xalqlar o‘rtasidagi ko‘ngil ko‘priklari mustahkamlanadigan, gina-qudratlar unutilib, diydorlashuvlar ziyoda bo‘ladigan muqaddas damlardir. Oltoylardan Bolqongacha cho‘zilgan keng va ulug‘ geografiyamizda, mushtarak ma’naviy qadriyatlarimiz atrofida jipslashishimizga vasila bo‘lgan ushbu qutlug‘ kunlar bizni bir-birimizga yanada yaqinlashtirmoqda.

Biz yashayotgan hozirgi zamonda butun insoniyat Qurbon hayiti o‘zida mujassam etgan tinchlik, birodarlik va fidoyilik g‘oyalariga har qachongidan ham ko‘proq muhtojdir. Ko‘ngil geografiyamizda va dunyoning turli chekkalarida to‘kilayotgan ko‘z yoshlarining tinishi, ushbu bayram barakasi yer yuzidagi barcha mazlumlarning qalbiga xotirjamlik va taskin olib kelishi – eng buyuk duomizdir.

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY nomidan ushbu muqaddas bayram nafaqat a’zo mamlakatlarimiz va ulug‘ Turkiy dunyo, balki butun İslom olami hamda barcha insoniyat uchun tinchlik, osoyishtalik va qut-baraka olib kelishini tilayman.

Ado etilgan qurbonliklarimiz va qilingan duolarimiz qabul bo‘lishi niyati bilan, aziz Turkiy dunyoning va butun Islom olamining Qurbon hayitini chin qalbimdan muborakbod etgan holda, o‘zimning yuksak mehr va hurmatimni izhor qilaman

Sultan RAYEV

TURKSOY Bosh kotibi

Media galereyasi

IMG_1122.JPG

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan