WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.32 (1)
9 апреля 2026 г.

TURKSOY Bosh kotibi Sultan Rayev Toshkentdagi xalqaro Amir Temur konferensiyasida ishtirok etdi

9 апреля 2026 г.

TURKSOY Bosh kotibi Sultan Rayev Toshkentdagi xalqaro Amir Temur konferensiyasida ishtirok etdi

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur va temuriylar sivilizatsiyasining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni hamda ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyaga mezbonlik qilmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilayotgan va uch kun davom etadigan ushbu forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan hayotga tatbiq etildi.

Ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyevning anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik nutqini maslahatchi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi. Davlat rahbari o‘z murojaatida Sohibqironning “Adolat – davlatning asosi va hukmdorlarning shioridir” degan hikmatli so‘zlariga to‘xtalib, Temuriylar renessansi nafaqat Turon zamini, balki butun Sharq olami uchun ilmiy va ma’naviy yuksalish davri bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, o‘sha davrda poydevori qo‘yilgan adolat, ilm-fan va taraqqiyot tamoyillari bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va “İnson qadri va manfaati”ga yo‘naltirilgan davlat siyosatining asosi bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.

Konferensiyada 20 ga yaqin davlatdan 300 ga yaqin akademiklar, olimlar va ekspertlar ishtirok etmoqda. Anjumanning yalpi majlisida TURKSOY Bosh kotibi Sultan Rayev, Xalqaro Turk akademiyasi prezidenti Shahin Mustafayev, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti Aktoti Raimkulova, IRCICA bosh direktori Mahmud Erol Kilich hamda Qirg‘iz Respublikasi Davlat kotibi Arslan Koychiyev qatnashdi.

Sultan Rayev: “O‘zbekiston – sivilizatsiya va madaniyat beshigidir”

Konferensiyada so‘zga chiqqan TURKSOY Bosh kotibi Sultan Rayev O‘zbekiston zamini tarix davomida Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashib, yuksak madaniyatlarga mezbonlik qilganini ta’kidladi. S. Rayev IX-XII asrlardagi Birinchi renessans hamda XV asrda Amir Temur tomonidan asos solingan Ikkinchi renessans davrining ilmiy merosi butun Islom olami uchun faxr manbai ekanini urg‘uladi. Bugungi kunda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida poydevori qo‘yilayotgan “Uchinchi renessans” maqsadiga to‘xtalar ekan, Sultan Rayev Yangi O‘zbekiston ilm-fan, ta’lim va inson qadriga berayotgan e’tibori bilan ma’naviyat sohasida butun dunyo uchun namuna bo‘layotganini e’tirof etdi.

İlmiy sho‘balar va mavzuga oid ko‘rgazmalar

Konferensiya davomida ma’ruzachilar Amir Temur va temuriylar davri davlatchilik an’analari, diplomatiyasi, harbiy san’ati hamda ilm-fan va madaniyat rivojidagi o‘rniga e’tibor qaratdilar. Ayniqsa, o‘sha davrning “Sharq renessansi” shakllanishidagi ahamiyati va jahon sivilizatsiyasiga ta’siri alohida muhokama qilindi. Kuning ikkinchi yarmida sho‘balarga bo‘lingan holda davom etgan forumda ekspertlar davlat boshqaruvi, harbiy strategiya, me’morchilik, shaharsozlik va ta’lim sohalariga oid ilmiy ma’ruzalarini taqdim etdilar. Mutaxassislar temuriylar merosini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida qayta tadqiq etish zarurligini bildirdilar.

Dastur doirasida ishtirokchilar uchun Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ylab ekskursiya, mavzuga oid ko‘rgazmalar va maxsus madaniy dasturlar tashkil etildi. Uch kunlik konferensiya yakunida temuriylar merosini xalqaro darajada tadqiq etish va keng targ‘ib qilishga qaratilgan qo‘shma tavsiyalar e’lon qilinishi kutilmoqda.

Media galereyasi

WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.32 (1)
WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.42
WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.40
WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.41 (1)
WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.40 (1)
WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.40 (2)
WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.39
WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.39 (1)
WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.38
WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.37 (1)
WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.36 (2)
WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.36
WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.35
WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.36 (1)
WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.35 (1)
WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.34
WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.32
WhatsApp Image 2026-04-09 at 16.22.31

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan