― 7 октября 2024 г.
TÜRKSOY bosh kotibi Sultan Raev Mo‘g‘uliston madaniyat vaziri Chinbat Nomin bilan uchrashdi
TÜRKSOY bosh kotibi Sultan Raev Mo‘g‘uliston madaniyat vaziri Chinbat Nomin bilan uchrashdi
Rasmiy tashriflar doirasida Mo‘g‘ulistonda bo‘lgan TÜRKSOY bosh kotibi Sultan Raev, Mo‘g‘uliston madaniyat vaziri Chinbat Nomin bilan uchrashuv o‘tkazib, TÜRKSOYning Mo‘g‘ulistondagi faoliyatlari bo‘yicha fikr almashdi.
Raev uchrashuvda, TÜRKSOY Mo‘g‘uliston va Turkiy dunyo o‘rtasidagi ko‘prikni mustahkamlash va yanada samarali qilish uchun zarur bo‘lgan barcha ishlarga tayyor ekanini ta’kidladi. U, Mo‘g‘uliston hududlarida turkiy dunyo madaniyati va tarixi doirasida o‘rganilib, kashf qilinishi va dunyoga tanitilishi kerak bo‘lgan ko‘plab umumiy madaniy elementlar mavjudligini qayd etdi. Raev shunday dedi:
“TÜRKSOY orqali madaniy diplomatiyaning barcha kanallari Mo‘g‘uliston va Turkiy dunyo o‘rtasida ishlashi kerak. Mo‘g‘ul madaniyatini Turkiy dunyoga, turkiy dunyo madaniyatini esa Mo‘g‘ulistonga tanitish, madaniy tadbirlarni tashkil etish va almashinuvni tezlashtirish uchun ishlarimizni jadallashtiramiz. Aslida, Mo‘g‘uliston va Turkiy dunyo bir tarixiy va madaniy ildizdan oziqlangan daraxtning shoxlaridir.”
Mo‘g‘uliston madaniyat vaziri Chinbat Nomin Turkiy dunyoga qilgan rasmiy tashriflari davomida TÜRKSOYning faoliyatlari va tadbirlari bilan tez-tez uchrashganini ta’kidlab, Mo‘g‘uliston madaniyat vazirligi sifatida TÜRKSOY bilan qo‘shma tadbirlar va aniq loyihalarni amalga oshirishdan mamnun ekanini bildirdi.
Uchrashuvda Nomin o‘z vazirligi tomonidan Mo‘g‘ul madaniyatini dunyoga tanitish maqsadida tayyorlangan “Mo‘g‘ulxon” nomli teatr asarini Turkiy dunyo mamlakatlarida sahnalashtirish bo‘yicha TÜRKSOY bilan hamkorlik qilish istagini bildirdi va ushbu loyiha uchun barcha zaruriy yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanini qayd etdi.
Shuningdek, TÜRKSOYning faoliyatlarida Mo‘g‘uliston san’atkorlarining ishtiroki katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, Chinbat Nomin bu borada vazirlik tomonidan zaruriy yordam ko‘rsatilishini aytdi. U Mo‘g‘ulistonning TÜRKSOYga kuzatuvchi a’zo sifatida qabul qilinishi uchun zaruriy ishlar boshlanganini ham mamnuniyat bilan ma’lum qildi.