― 30 сентября 2024 г.
TURKSOY Bosh kotib o'rinbosari Sayit Yusuf AQShda Qrim turklari bilan uchrashdi
TURKSOY Bosh kotib o’rinbosari Sayit Yusuf, Amerika Qrim Turklari Jamiyati mezbonlik qilgan, Nyu-York va Nyu-Jersidagi qardosh jamoalar vakillari bir joyga to’plangan yig’ilishda ishtirok etdi. Sayit Yusuf AQShda istiqomat qilayotgan qrim-tatar vatandoshlarimizning madaniy qadriyatlarini birdamlik va hamjihatlikda himoya qilish va asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholagan holda, TURKSOY tashkiloti sifatida diaspora jamoalarining madaniy merosini himoya qilish va uni kelajak avlodlarga yetkazish borasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirdi.
Yusuf o'z nutqida shunday dedi:
“AQShda yashovchi vatandoshlarimiz birdamlikda oʻz madaniyatini saqlab kelayotganidan faxrlanamiz. Butun dunyoda madaniy merosimizni saqlab qolish umumiy o‘zligimizni mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. TURKSOY sifatida biz hamisha yurtdoshlarimizning bu sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”.
Uchrashuv ishtirokchilar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilgan bo‘lsa, diasporada yashovchi vatandoshlar hamjihatlikda harakat qilishlari muhimligi yana bir bor ta’kidlandi.