WhatsApp Image 2026-08-06 at 15.38.19
6 августа 2026 г.

Turkiyaning eng yosh xalq baxshisi Sagʻlam TURKSOY Bosh kotibiyatida mehmon boʻldi

6 августа 2026 г.

Turkiyaning eng yosh xalq baxshisi Sagʻlam TURKSOY Bosh kotibiyatida mehmon boʻldi

59-Konya oshiqlar (aşıklar) bayramida (2025) "Turkiyaning eng yosh oshig‘i" mukofotini olib, eng yosh xalq baxshisi (ozanı) etib saylangan Oshiq Mumtaz Sag‘lam TURKSOY Bosh kotibiyatiga tashrif buyurdi.

Adana Saricham hokimligi Madaniyat, san’at va ijtimoiy ishlar boshqarmasi mudiri Yusuf Deliko‘ja bilan birga TURKSOYga kelgan Mumtaz Sag‘lamni TURKSOY Bosh kotibi o‘rinbosari Sayit Yusuf qabul qildi.

Sayit Yusuf "Turkiyaning eng yosh xalq oshig‘i" deya e’tirof etilgan sohir soz va so‘z ustasini TURKSOYda ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi. U ming yillar davomida yo‘qolmay yetib kelgan hamda turkiy dunyoning umumiy madaniy merosi hisoblangan "Oshiqlik an’anasi"ni yosh avlod vakillari tomonidan o‘zlashtirilishi va yashatilishining ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. 

Asosiy maqsadlardan biri ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan boy madaniy xazinani kelgusi avlodlarga yetkazish ekanini qayd etgan Sayit Yusuf yosh san’atkorga kelgusi faoliyatida zafarlar tiladi.

Uchrashuv davomida Mumtaz Sag‘lam o‘z ijodidan namunalar ijro etib berdi.

Media galereyasi

WhatsApp Image 2026-08-06 at 15.38.20
WhatsApp Image 2026-08-06 at 15.38.20 (1)
WhatsApp Image 2026-08-06 at 15.38.20 (2)
WhatsApp Image 2026-08-06 at 15.38.19 (2)
WhatsApp Image 2026-08-06 at 15.38.19 (1)

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan