WhatsApp Image 2026-04-21 at 19.21.21
21 апреля 2026 г.

Toshkentda XXVI TURKSOY rassomlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

21 апреля 2026 г.

Toshkentda XXVI TURKSOY rassomlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan XXVI rassomlar uchrashuvi 2026-yil 21-aprel kuni Toshkent shahrida o‘z ishini boshladi.

 

“Turkiy dunyo: Yagona ruh, turfa ranglar” shiori ostida ochilgan ko‘rgazmada rassomlar Turkiy dunyo tarixi, madaniy merosi va mushtarak qadriyatlarini aks ettiruvchi asarlarini san’atsevarlar e’tiboriga havola etdilar.

 

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur mazkur tadbir yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning badiiy kamolotiga hissa qo‘shishni maqsad qilganini ta’kidladi.

Akmal Nur o‘z nutqida: “San’at festivali doirasida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma yosh rassomlarning ijodiy faolligini rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Biz har yili san’at sohasida turli tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdamiz. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga madaniyat va san’at sohasiga ko‘rsatayotgan yuksak e’tibori uchun minnatdorlik bildiramiz. Shuningdek, yaqin hamkorimiz bo‘lgan TURKSOY tashkilotiga ham o‘z tashakkurimni izhor etaman. Eshigimiz Turkiy dunyo uchun hamisha ochiq”, — deya qayd etdi.

 

Joriy yilda 26-marotaba o‘tkazilayotgan ushbu uchrashuv Toshkentda tashkil etilganini eslatgan Akmal Nur, ishtirokchi rassomlarning barchasi 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ekanini hamda yosh iste’dodlar uchun samarali muloqot maydoni yaratilganini ta’kidladi.

 

Sultan Raevdan yosh ijodkorlarga tabrik

 

TURKSOY Bosh kotibi Sultan Rayev tadbir ishtirokchilariga va O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga yo‘llagan tabrigida san’at Turkiy dunyoni bir-biriga bog‘laydigan eng kuchli ko‘priklardan biri ekanini bildirdi. Rayev o‘z maktubida quyidagilarni aytdi:

“XXVI TURKSOY rassomlar uchrashuvining turkiy tamaddun gavhari bo‘lmish Toshkent shahrida o‘tkazilayotgani biz uchun katta faxrdir. Bu yilgi “Yagona ruh, turfa ranglar” mavzusi birligimiz va madaniy boyligimizning go‘zal ifodasidir. Yosh rassomlarimiz mo‘yqalamida jilo topayotgan mushtarak qadriyatlarimiz Turkiy dunyoning ma’naviy yaxlitligini kelajak tomon yetaklaydi. Fursatdan foydalanib, madaniyat va san’at homiysi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Muhtaram Shavkat Mirziyoyevga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Shuningdek, qadrdon do‘stim Akmal Nur boshchiligidagi barcha tashkilotchilarga rahmat aytaman. İshtirokchi rassomlarni chin qalbdan qutlab, ijodiy muvaffaqiyatlar tilayman”.

Ko‘rgazmada Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Turkiyadan jami 23 nafar rassom ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi binosida ochilgan mazkur ko‘rgazma 2026-yil 24-aprelga qadar davom etadi.

Media galereyasi

WhatsApp Image 2026-04-21 at 19.21.21 (2)
WhatsApp Image 2026-04-21 at 19.21.21 (3)
WhatsApp Image 2026-04-21 at 19.21.21 (1)
WhatsApp Image 2026-04-21 at 19.21.20
WhatsApp Image 2026-04-21 at 19.21.20 (3)
WhatsApp Image 2026-04-21 at 19.21.20 (2)
WhatsApp Image 2026-04-21 at 19.21.20 (1)
WhatsApp Image 2026-04-21 at 19.21.19
WhatsApp Image 2026-04-21 at 19.21.19 (3)
WhatsApp Image 2026-04-21 at 19.21.19 (2)
WhatsApp Image 2026-04-21 at 19.21.19 (1)
WhatsApp Image 2026-04-21 at 19.21.18

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan