― 17 июня 2025 г.
Sulton Raev Karamanog‘lu Mehmetbey universiteti rektori professor doktor Mehmet Gavgalini qabul qildi
2025-yil 17-iyun kuni Karamanog‘lu Mehmetbey universiteti rektori professor doktor Mehmet Gavgali hamda rektor o‘rinbosari professor doktor Idris Nebi Uysal Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti — TÜRKSOYga tashrif buyurdi.
Mehmet Gavgali boshchiligidagi delegatsiyani TÜRKSOY Bosh kotibi Sulton Raev o‘z ish kabinetida qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida Turk dunyosining umumiy madaniyati va san’ati yo‘nalishidagi TÜRKSOY faoliyati muhokama qilindi. Tomonlar mavjud hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, tashrif doirasida professor doktor Mehmet Gavgali TÜRKSOY Bosh kotib o‘rinbosari Sayit Yusuf tomonidan ham qabul qilindi. Suhbat davomida 2025-yilda TÜRKSOY ko‘magida yuqori saviyada o‘tkazilgan Turk tili bayrami bo‘yicha fikr almashildi hamda 2026-yil tadbirlarida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama etildi.