DSC_8260
4 августа 2026 г.

Sinop universiteti rektori prof. dr. Shakir Tashdemir TURKSOYga tashrif buyurdi

4 августа 2026 г.

Sinop universiteti rektori prof. dr. Shakir Tashdemir TURKSOYga tashrif buyurdi

Sinop universiteti rektori prof. dr. Shakir Taşdemir va unga hamrohlik qilgan hay’at a’zolari TURKSOY Bosh kotibi o‘rinbosari Sayit Yusufni o‘z makonida ziyorat qildi.

Sinop universiteti rektor o‘rinbosari prof. dr. Sabri Bilgin hamda TURKSOY Strategik rivojlantirish departamenti boshlig‘i Melik O‘zso‘z ham hozir bo‘lgan ushbu muloqotda ikki muassasa o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

TURKSOYning Turkiy dunyoga qaratilgan amaliy faoliyati qardosh xalqlarning hamjihatligini yanada mustahkamlayotgani alohida ta’kidlangan uchrashuvda Turkiy dunyoning akademik tajribasi hamda madaniyat merosini kelajakka yetkazish borasida universitetlar zimmalariga olgan mas’uliyatli  vazifaning  ahamiyati ham qayd etildi.

Tomonlar yaqin kelajakda ikki muassasa o‘rtasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha izlanishlarni ko‘rib chiqdilar.

Media galereyasi

DSC_8260
DSC_8267
DSC_8270
DSC_8263
DSC_8247
DSC_8242

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan