DSC_3282
18 июня 2025 г.

Shavkat Ortiqov TÜRKSOYning O‘zbekiston bo‘yicha vakili sifatida ish boshladi

18 июня 2025 г.

Shavkat Ortiqov TÜRKSOYning O‘zbekiston bo‘yicha vakili sifatida ish boshladi

2025-yil 18-iyun kuni Anqaradagi TÜRKSOY Bosh kotibiyati binosida Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TÜRKSOYning O‘zbekiston bo‘yicha rasmiy vakili etib tayinlangan  Shavkat Ortiqovning ish boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


 

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazir’i o‘rinbosari Murodjon Majidov va uning boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi. Marosimda TÜRKSOY Bosh kotibi Sultan Raev, O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov va vakil Shavkat Ortiqov so‘zga chiqdi.


 

TÜRKSOY Bosh kotibi Sultan Raev o‘z nutqida O‘zbekiston Turk dunyosining madaniy integratsiyasida muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, janob Shavkat Ortiqovning ushbu lavozimdagi faoliyati davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi. Raev shunday dedi:


 

“Janob Ortiqovning bilim va tajribasi, keng qarashlari O‘zbekistonning boy madaniy merosini Turk dunyosiga yanada kuchliroq tarzda tanitishga zamin yaratadi.”


 

O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov o‘z chiqishida O‘zbekiston TÜRKSOY bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalardan mamnunligini bildirib, O‘zbekiston kelgusida ham tashkilot faoliyatiga faol hissa qo‘shishda davom etishini qayd etdi.


 

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tizimida uzoq yillar turli mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan Shavkat Ortiqov, TÜRKSOYda xizmat qilish uning uchun katta sharaf ekanini aytib, ushbu vazifani munosib ado etish uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar etishini ta’kidladi.


 

Media galereyasi

DSC_3359
DSC_3353
DSC_3347
DSC_3342
DSC_3338
DSC_0174
DSC_0173
DSC_0167
DSC_0150
DSC_0134
DSC_0124
DSC_3282
DSC_3317
DSC_3307
DSC_3299
DSC_3290
DSC_3294
DSC_3282
DSC_3280
DSC_3270
DSC_3276
DSC_3265
DSC_3266
DSC_3260
DSC_3264
DSC_3255
DSC_3258

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan