WhatsApp Image 2024-08-27 at 17.58.50 (1)
27 августа 2024 г.

Samarqandda Sharq xalqlari musiqa madaniyatiga bag‘ishlangan anjuman ish boshladi

27 августа 2024 г.

Samarqandda Sharq xalqlari musiqa madaniyatiga bag‘ishlangan anjuman ish boshladi

Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan “Sharq taronalari” xalqaro festival doirasida “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyillari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi.

 

Anjumanda so‘zga chiqqan TURKSOY Bosh kotibi Sultan Rayev mazkur festival ahamiyati xususida to‘xtalar ekan, O‘zbekistonda madaniyat sohasiga berilayotgan e'tibor, Prezident Shavkat Mirziyoevning xalqaro maydonda turkiy xalqlar tarixini chuqur o‘rganish, madaniy merosini asrab-avaylash va keng targ‘ib etish haqidagi tashabbus va chaqiriqlari TURKSOYning, turkiy xalqlarning birdamligiga xizmat qilayotganini alohida e'tirof etdi.


– “Sharq taronalari” nafaqat sharq xalqlarining milliy musiqalarini tarannum etish, balki, ularning madaniyati, milliy cholg‘u asboblarinida o‘zaro tanish, yangidan yangi kuylar yaratilishi, yangi hamkorliklar tug‘ilishiga-da poydevor bo‘lmoqda, – dedi Bosh kotib so‘zini davom ettirib.


32 ta xorijiy davlatlardan 46 nafar musiqashunos, folklorshunos, madaniyatshunos olimlar, nufuzli oliy ta'lim muassasalari rektorlari va xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ilmiy-ijodiy markazlar rahbarlari ishtirok etayotgan anjuman davom etadi.

Media galereyasi

WhatsApp Image 2024-08-27 at 17.58.49
WhatsApp Image 2024-08-27 at 17.58.50
WhatsApp Image 2024-08-27 at 17.58.50 (2)
WhatsApp Image 2024-08-27 at 17.58.51

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan