cennet poster 71х101
20 марта 2025 г.

Ruslan Akunning “Jannat Onalarning Oyoqlari Ostidadir” filmi Turkiyada namoyish etiladi

20 марта 2025 г.

Ruslan Akunning “Jannat Onalarning Oyoqlari Ostidadir” filmi Turkiyada namoyish etiladi

Qirg‘iz rejissyori Ruslan Akun tomonidan suratga olingan, 2024-yilda ishlab chiqarilgan “Jannat Onalarning Oyoqlari Ostidadir” nomli film 21-mart kuni Turkiyada katta ekranlarda namoyish etiladi. Kuchli mavzusi va hissiy chuqurligi bilan ajralib turadigan ushbu filmda, aqliy rivojlanishi 8 yoshda to‘xtab qolgan Adil ismli yigitning onasi Reyhanni qo‘l aravachasida olib, Makka sari yo‘lga chiqqani tasvirlanadi. Bosh rollarni Emil Esenaliyev va Anarkul Nazakulova ijro etgan.

 

Ko‘rkam vizual tasvirlar va chuqur emotsional mazmunga ega bo‘lgan film, tomoshabinlarni insonparvarlik, sevgi va fidoyilik mavzulari bilan yuzlashtiradi. Qirg‘iziston tomonidan “Oscar” mukofotiga tavsiya etilgan, besh davlatda suratga olingan bu asar Turk dunyosining boy madaniyatini sevgi va fidoyilik ruhida mujassamlashtiradi.
 

Ruslan Akun: “Oila va fidoyilik – Turk xalqlarining umumiy qadriyati”

 

Film namoyishi arafasida Turkiya Buyuk Millat Majlisida o‘tkazilgan maxsus ko‘rsatuvdan so‘ng, rejissyor Ruslan Akun TÜRKSOY tashkilotiga tashrif buyurib, film haqida fikr bildirdi.

Akun shunday dedi:

 

“Bu filmda ona mehrining kuchi, u mehr orqali dunyo qanday o‘zgarishi mumkinligi va onalarning mehnati aks ettirilgan. Biz bu asarni Turk xalqlarining umumiy qadriyatlari va madaniyati asosida yaratdik. Film – Turk xalqlarining birodarligi va birligining ifodasidir.”

Film mazmuni haqida qo‘shimcha qilgan Akun yana shunday dedi:

 

“Asarda bosh qahramonlar Qirg‘izistondan Makka sari haj safariga chiqadi. Ular bu safarni barcha Turk davlatlari hududidan piyoda bosib o‘tadilar. Bu faqatgina haj safari emas, balki Turk xalqlarining birodarligi, umumiy qadriyatlari va birligi ramzidir. Bizning tillarimiz, madaniyatimiz va dinimiz bir. Bu esa bebaho umumiy qadriyatdir.”

 

Film suratga olingan davlatlar – 5 mamlakat

 

Film Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya, Misr va Saudiya Arabistonida suratga olingan. Rejissyor Akunning ta’kidlashicha, filmni suratga olish uchun besh yil kutishga to‘g‘ri kelgan.

 

“Bu film g‘oyasi qadimda haj safariga piyoda yo‘lga chiqqan insonlar tarixidan ilhomlanib tug‘ilgan. Bugun odamlar haj safariga piyoda yo‘l oladimi, degan savolni berdik va shu asosda film g‘oyasini shakllantirdik,” – dedi Akun.

 

U film Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning ko‘magida suratga olinganini, namoyishdan so‘ng esa Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tatariston va Dog‘iston kabi ko‘plab Turk davlatlarida katta qiziqish bilan kutib olinganini bildirdi:

 

“Bu davlatlarda film keng auditoriyaga taqdim etildi va rekord darajadagi tomoshabin yig‘di. Shuningdek, Ozarbayjon, Malayziya, Indoneziya va Singapur kabi musulmon mamlakatlarida ham tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Reaksiyalar juda ijobiy bo‘ldi.”


Turk seriallari va madaniy aloqalar

 

Akun intervyusining yakunida Turk seriallarining Turk dunyosiga ta’siri haqida ham fikr bildirdi:

“Turk seriallari Turk davlatlarida katta e’tibor bilan tomosha qilinmoqda. Bu holat madaniy aloqalarga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Men ham serial suratga olishni orzu qilardim. Bu orzuim to‘liq ro‘yobga chiqmagan bo‘lsa-da, ‘Jannat Onalarning Oyoqlari Ostidadir’ filmida bir daqiqalik Turk seriali lavhasi bor. Bu, men uchun go‘yo orzumning bir bo‘lagi kabi bo‘ldi. Turk dunyosining aholisi 200 milliondan ortiq.

 

 Bunday ulkan auditoriya uchun biz o‘z filmlarimizni bir-birimizga namoyish qilishimiz va qo‘shma loyihalar ishlab chiqishimiz kerak. Men Turk dunyosi uchun yirik kino bozori shakllanishiga ishonaman. Bu mening Turkiyadagi uchinchi filmim. Turk kinosida katta salohiyat bor deb hisoblayman va har doim bu yo‘nalishda hamkorlikni rivojlantirish tarafdoriman. 21-martdan boshlab ‘Jannat Onalarning Oyoqlari Ostidadir’ filmi Turkiya kinoteatrlarida namoyish etiladi. Barcha kinosevuvchilarni filmni tomosha qilishga taklif qilaman.”


Film namoyish etiladigan shahar va tumanlar:

 

• Istanbul: Uskudar, Fatih, Chamlica, Eyup, Zeytinburnu, Bayrampasha
• Anqara: Sincan, Kechioren, Altindag, Pursaklar, Mamak, Polatli
• Izmir: Focha, Bornova, Karabog‘lar, Gaziemir, Menemen, Aliaga
• Bursa: Osmangazi, Yildirim, Nilufer, Gemlik
• Konya: Selchuklu, Meram, Karatay
• Adana: Seyhan, Yuregir, Chukurova, Saricham
• Antalya

 

Media galereyasi

IMG_2976
IMG_2966
IMG_2974
IMG_9553.JPEG
IMG_8450.HEIC
IMG_2958
IMG_2946
DSC00082.JPG
DSC_0281.JPG
Cennet poster 1000x800

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan