― 9 июня 2025 г.
Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi Raisi TÜRKSOY va Chingiz Aytmatov Instituti delegatsiyasini qabul qildi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan “Chingiz Aytmatov – Turk dunyosining kelajagi forumi” oldidan forum ishtirokchilari – yuqori martabali delegatsiya a’zolari Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi raisi Nurlanbek Turg‘unbek uulu tomonidan tantanali ravishda qabul qilindi.
TÜRKSOY va Chingiz Aytmatov instituti hamkorligida tashkil etilayotgan forumda quyidagi mehmonlar ishtirok etadi: Chingiz Aytmatov instituti raisi, Turkiya Respublikasi Samsun viloyati parlament a’zosi, professor Ilhom Topsakal , TÜRKSOY Bosh kotibi Sultan Raev, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati va BMT Inson huquqlari qo‘mitasi a’zosi, professor Akmal Saidov hamda Ozarbayjon xalq rassomi doktor Sakit Mammadov.
Forum Qirg‘iz Respublikasi Madaniyat, sport va yoshlar siyosati vazirligi, shuningdek TİKA, YTB va Yunus Emre instituti ko‘magida tashkil etilmoqda.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida Turk dunyosining boy madaniy merosini asrab-avaylash, Chingiz Aytmatovning boy g‘oya va fikrlarini yosh avlodga yetkazish, shuningdek bu boradagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan aniq tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.