d589cc89-6f74-c5bc-2b5a-449d2b32a480_lists_slider_9267
1 июня 2026 г.

O‘zbekistonda madaniyat va san’at fidoyilari taqdirlandi

1 июня 2026 г.

O‘zbekistonda madaniyat va san’at fidoyilari taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28-maydagi farmoni bilan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhi davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi.

1-iyun kuni Xalqaro kongress markazida ushbu mukofotlarni tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

San’ati maftunkor bo‘lgan xalqning ovozi dunyoda balandroq eshitiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirda soʻzga chiqib, mamlakat qudrati nafaqat iqtisodiy koʻrsatkichlar, balki uning maʼnaviyati, madaniyati, adabiyot va sanʼati bilan ham belgilanishini taʼkidladi.

Davlat rahbari o’z nutqida “Qaysi millatning adabiyoti boy, musiqasi yurakka yaqin, teatri hayotiy, kinosi taʼsirchan, sanʼati jozibador boʻlsa, oʻsha xalqning ovozi dunyoda baland eshitiladi, – deya ta‘kidladi.

Shu maʼnoda, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida inson qalbini tarbiyalaydigan katta maʼnaviy makon yaratilayotgani qayd etildi. Bu borada ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, madaniyat va sanʼat namoyandalari, kreativ soha vakillarining oʻrni beqiyos ekani taʼkidlandi.

Ijod ahlining fidoyi mehnati tufayli jamiyatimizda milliy ruh mustahkamlanayotgani, xalqimiz tafakkuri yuksalayotgani, yoshlar qalbida ezgulik, vatanparvarlik va insonparvarlik tuygʻulari chuqur joy olayotgani alohida qayd etildi.

Sohaning 167 nafar ilgʻor vakiliga yuksak davlat mukofoti 

Davlat rahbari sohaning 167 nafar ilgʻor vakili yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanganini mamnuniyat bilan taʼkidladi. Ular orasida uzoq yillar samarali mehnat qilib, xalqimizning madaniy, badiiy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga ulkan hissa qoʻshgan yozuvchi va shoirlar, xonanda va sozandalar, raqs ustalari, opera ijrochilari va bastakorlar, teatr, kino va sirk sanʼati namoyandalari, baxshilar va askiyachilar, hunarmand va rassomlar, madaniy meros, muzey va kutubxona xodimlari, ustoz va murabbiylar borligi barchamizga faxr bagʻishlashi e’tirof qilindi.

Marhum san‘at darg‘lari ham unutilmadi

Shu bilan birga, bugun oramizda boʻlmasa-da, soʻzi, kuy-qoʻshigʻi, ijodi va butun hayoti bilan xalqimiz qalbida mangu yashab kelayotgan adabiyot, madaniyat va sanʼat dargʻalarining muqaddas xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi. Ularning 24 nafari davlat mukofotlari bilan vafotidan soʻng taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yurtimizdagi har bir insonning, hatto ular oʻtib ketgan boʻlsa-da, xizmatlarini munosib eʼtirof etish ham bizning maʼnaviy burchimizdir. Bu ajdodlar xotirasini yuksak qadrlaydigan xalqimizning koʻnglidagi ish boʻldi, – dedi. 

Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev mukofot sohiblariga faxriy unvonlar, orden va medallarni tantanali ravishda topshirib, mukofotlanganlarni butun O‘zbekiston xalqi nomidan samimiy tabriklab, yuksak eʼtirof ularni yangi-yangi ijodiy yutuqlarga ilhomlantirishini ishonch bilan taʼkidladi.

Mukofotlanganlar yuksak hurmat va eʼtibor, madaniyat rivoji va ijodkorlarga yaratilayotgan keng sharoitlar uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

Media galereyasi

b197a68a-3249-f40a-c3aa-e3d7bd015fe9_lists_slider_9267
efac2f0b-4212-2eea-f8ec-95c880ec3b4c_lists_slider_9267
df297a9c-f8a9-acfe-e9c5-f4dab64057b7_lists_slider_9267
defc3c36-d761-1304-477d-26d3b1fffae7_lists_slider_9267
d27942a0-78c7-7e44-6368-c26342efce10_lists_slider_9267
d50b8095-ebbd-3aab-27a0-67b22335410e_lists_slider_9267
a863f4ab-9d9a-a8ea-5bba-977fd33016f6_lists_slider_9267
1928696a-40bd-82a3-cec1-82c63d6713a2_lists_slider_9267
a82ff017-9789-03c8-d877-38a3c4cf3cd7_lists_slider_9267
554471b7-f6d4-b175-0f4c-911c3c3d75f3_lists_slider_9267
5352b641-d2b2-9040-6cb1-9648b2a584d0_lists_slider_9267
552fbd3a-8219-a772-1ca2-6a39870856da_lists_slider_9267
926e3726-f2e7-ea16-7dce-5d015aef668d_lists_slider_9267
502e2ca7-ace6-80eb-8622-45ce83bd9a09_lists_slider_9267
8b4a4739-a73a-dbe5-dfbb-9103b4f7d277_lists_slider_9267
6f870850-60d9-983d-3b1c-450dde03d4ab_lists_slider_9267
5ecf2074-8ff6-772d-9359-39d1c20c22a7_lists_slider_9267
05c77e47-f195-f6d1-3296-324ddc849fc8_lists_slider_9267
3d09a37d-f425-dc38-f2c6-817aba29752b_lists_slider_9267

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan